Mobiuz kompaniyasi 10-yilligi va yaqinlashib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan abonentlarni yoqimli yangiliklar va foydali takliflar bilan quvontirishda davom etmoqda. U mijozlar e’tiboriga abonentlar uchun maxsus takliflar to‘plamini havola etdi.
Yangi yil aksiyasi
Abonentlar «Xotirjam 40», «Xotirjam 60», «Xotirjam 80» tarif rejalariga ulanib, aloqa xarajatlarini tejashlari mumkin. Ularga olti oy davomida abonent to‘loviga 50 foizlik chegirma taqdim etilmoqda. Aksiya 2024-yil dekabr oyi oxirigacha Mobiuz’ga ulangan abonentlar uchun amal qilmoqda.
Misol uchun, aksiya doirasida «Xotirjam 80» tarifining abonent to‘lovi atigi 40 ming so‘mni tashkil etadi. Buning evaziga abonent:
- 80 ming MB;
- messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlardan cheksiz foydalanish imkoniyati;
- O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlar;
- 3 500 ta SMS;
- internet-to‘plamlarga chegirmalar;
- «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» va «Raqamni yashirish» bonus xizmatlarini qo‘lga kiritadi.
Chiroyli raqamlarga chegirmalar
O‘ziga xoslikni qadrlaydigan mijozlar uchun Mobiuz chiroyli raqamlarni foydali narxlarda taklif qilmoqda. 2024-yilning dekabr oyida Mobiuz’ning chiroyli raqamlarini 70% dan 80% gacha chegirmalar bilan ulash imkoniyati mavjud.
Masalan, qiymati 2 million so‘m bo‘lgan Gold toifasidagi raqamlarni endi bor-yo‘g‘i 400 ming so‘mga ulash mumkin.
Yangi prefikslar. Raqamlarni, jumladan, chiroyli raqamlarni tanlash yanada samarali bo‘lishi uchun Mobiuz 30 ta yangi prefiksli raqamlarni sotuvga chiqardi. Ular orasida:
(+998) 88 003;
- (+998) 88 088;
- (+998) 88 404;
- (+998) 88 440;
- (+998) 88 448;
- (+998) 88 747;
- (+998) 88 757;
- (+998) 88 771;
- (+998) 88 773;
- (+998) 88 778;
- (+998) 88 882;
- (+998) 88 884 kabi chiroyli prefikslar bor.
Qashqadaryo viloyatida yangilangan ofis
Kompaniya yubileyiga yana bir muhim voqea — Qarshi shahrida yangilangan xizmat ko‘rsatish markazining ochilishi to‘g‘ri keldi. Mobiuz’ning Qashqadaryo viloyatidagi ikkita asosiy ofisidan birining ochilishi keng jamoatchilik ishtirokida tantanali ruhda o‘tkazildi.
Xizmat ko‘rsatish markazi uch qavatli binoni to‘liq rekonstruksiya va ta’mirlashdan so‘ng o‘z ishini boshladi. Zamonaviy joy, samimiy xodimlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning keng doirasi abonentlarga mobil aloqa bilan bog‘liq har qanday masalani tezda hal qilishga yordam beradi. Ofis Qarshi shahrining qoq markazida, O‘zbekiston ko‘chasi 221-uy manzilida joylashgan.
Navbatdagi BYD avtomobili o‘yini
12-dekabr kuni Mobiuz «MobiDRIVE» aksiyasi ishtirokchilari o‘rtasida ikkinchi BYD o‘yinini onlayn tarzda o‘tkazadi. Onlayn tomoshabinlar soat 15:00 da jonli efirda Instagram va Youtube`dagi rasmiy sahifalarda jarayonni kuzatishlari va baxtli avtomobil sohibi yoki sohibasi ismini bilishlari mumkin bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tanlov
Noyabr-dekabr oylarida Mobiuz’ning Instagram akkauntida pul sovrinlarini yutib olish imkoniyati bilan bayramona tanlovlar o‘tkazilmoqda. Uchta foydalanuvchi allaqachon 10 million so‘mdan yutib oldi. Tanlovning navbatdagi bosqichi 9-dekabr kuni boshlanadi.
Abonentlarga bayramona bonus. Va albatta, 1-dekabrda e’lon qilingan bonusli internet-to‘plamlar aksiyasi davom etmoqda. Mobiuz mobil ilovasida amaldagi abonentlar minnatdorlik sifatida 10 000 MBgacha internet-to‘plam olishlari mumkin. Internet-to‘plam hajmi abonentning «stajiga» bog‘liq — u operator xizmatlaridan qanchalik ko‘p foydalanayotgan bo‘lsa, shuncha ko‘p megabayt oladi. Bonusni 7-dekabr oxirigacha faollashtirish mumkin.
Mobiuzning yanada ko‘proq yangiliklarini saytida o‘qish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.