O‘zbekistonda talaba va texnikum, litsey o‘quvchilari uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlikning tegishli buyrug‘i bilan oliy ta’lim tashkilotlari talabalari, texnikum, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar o‘quvchilari 2024-yilning 25-dekabridan boshlab qishki ta’tilga chiqadi. Shu bilan 7-yanvarga qadar (shu kuni ham) dam oladi.

Darslar 2025-yilning 8-yanvar sanasidan boshlanadi.