Dekabr va yanvar oylarida Toshkent va Samarqandni bog‘lovchi “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar berdi “Temiryo‘lekspress” matbuot xizmati.

Haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari harakatlanuvchi “Samarqand — Toshkent — Yo‘lovchi — Samarqand” 775/776-sonli elektropoyezd 15−31-dekabr hamda 2025-yilning 3−12-yanvar sanalarida qo‘shimcha qatnovni amalga oshiradi. Qatnov quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  • 775-son: Samarqand-10:55 — Toshkent-13:15;
  • 776-son: Toshkent-13:56 — Samarqand-16:14.

Bundan tashqari, 15-dekabrdan boshlab 769-sonli “Buxoro — Toshkent” yo‘nalishidagi “Afrosiyob” harakat vaqtlariga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:

  • 769-son: Buxoro-14:58 — Toshkent-19:17.