Prezident 6-dekabr kuni Bo‘stonliq tumanida qurilayotgan kapsula shaklidagi uylardan iborat dam olish maskanini borib ko‘rdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.
“Oynavand kapsula uylarning o‘ziga xos tomoni — ular yengil, ko‘chma, kamxarj. Katta qurilish qilinmasligi bois tabiatga ham ziyon yetkazmaydi”, — deyiladi xabarda. Majmua, shuningdek, restoranlar, dor yo‘llari va chang‘i uchish maydonlarini o‘z ichiga oladi.
Davlat rahbari bunday uylarni Baxmal, Shahrisabz, Boysun kabi boshqa turizm maskanlarida ham o‘rnatish sayyohlar e’tiborini tortishi va bu hududlarga qiziqishni oshirishi mumkinligini ta’kidladi.