Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-dekabr kuni Toshkent — Xo‘jakent — Toshkent yo‘nalishidagi yangi tezkor elektropoyezd bilan tanishdi.

Davlat rahbari matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Toshkent atrofida ham elektrlashgan yo‘l qurilib, poyezdlarni o‘tkazish imkoniyati 30 foizga oshdi.

Endi Toshkent — Xo‘jakent yo‘nalishida yangi elektropoyezd qatnovga qo‘yilmoqda. Davlat rahbari ushbu poyezdga chiqib, harakatlanishi va qulayliklarini ko‘rdi.

Demixovskiy mashinasozlik zavodida (Moskva viloyati) 2016-yildan buyon ishlab chiqarilayotgan EP3D elektropoyezdi noyabr oyi oxirida O‘zbekistonga yetib keldi. Bu 586 o‘rinli va umumiy sig‘imi 1154 yo‘lovchiga mo‘ljallangan oltita vagonli model bo‘lib, u eski ER9 seriyali poyezdlarga qaraganda 1,5 barobar kengroq. Poyezd 120 km/soat tezlikka erisha oladi, buning natijasida yo‘l vaqti 2 soat 15 daqiqadan 1 soatdan sal ko‘proqqa qisqardi.

Safar chog‘ida davlat rahbari temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘lovchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, temir yo‘llarni elektrlashtirish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha mutasaddilarning hisobotlarini tingladi.

Foto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Toshkent va Xo‘jakent oralig‘idagi temir yo‘l bo‘yidagi hududlarni 2025-yilgi renovatsiya dasturiga kiritish va tartibga keltirish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, u kunlik tezkor poyezdlar qatnovini ko‘paytirish va yanada ko‘proq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun yo‘nalishning egri-bugri qismlarini to‘g‘rilash zarurligini ta’kidladi.

Toshkent va Xojikent oralig‘idagi temiryo‘lga tutash maydonlarni 2025-yilgi renovatsiya dasturiga kiritib, ularni tartibga keltirishga ko‘rsatma berildi. Yo‘nalishdagi egri qismlarni to‘g‘ri qilib qayta qurish orqali kunlik ekspress poyezdlar qatnovini ko‘paytirish va ko‘proq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun sharoit yaratish topshirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmati

3-dekabrdan Toshkent — Xo‘jakent — Toshkent yo‘nalishida Rossiyada ishlab chiqarilgan yangi tezyurar EP3D shaharlararo elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Poyezd avvalgi to‘rtta safardan (ularning jadvali o‘zgarmagan) tashqari kuniga uch marta qatnaydi. Oltita vagon iqlim nazorati, Wi-Fi va velosiped joylashtirish moslamalari bilan jihozlangan. 2030-yilgacha bunday vagonlar sonini 30 taga yetkazish rejalashtirilgan. Kelajakda to‘xtash bekatlari soni ko‘payishi mumkin.