Shu vaqtgacha Xalq banki boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Zafar Azimov Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. Bu haqdagi ma’lumotni vazirlik matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga tasdiqladi.

Xalq banki axborot xizmati rahbari Gulnoza Alimova ham o‘zining Facebook`dagi sahifasida bu haqda e’lon qilgandi.

зафар азимов, камбағалликни qisqartirish va bandlik vaзирлиги, тайинлов, халқ banki

Zafar Azimov Moliya institutida o‘qigan. Faoliyati davomida Markaziy bankda bir qator lavozimlarda ishlagan. Undan so‘ng “O‘zsanoatqurilishbank” boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan.