Siyosat

dayjest

Alisher Muratov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

Alisher Muratov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.


Iqtisodiyot

dayjest

Gaz zapravkalarga kiritilayotgan cheklov sabab birjaga chiqariladigan benzin hajmi ikki karra oshiriladi

Energetika vazirligi gaz zapravkalar faoliyatiga cheklov kiritilgani sababli birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi ikki barobar oshirilishini ma’lum qildi. Buning uchun barcha hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilgan.


dayjest

O‘zbekiston Pokiston va Tailand bilan JST bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha Pokiston va Tailand bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. “Biz O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini intiqlik bilan kutyapmiz va bu a’zolik unga ko‘proq savdo va investitsiyalar olib kelishiga ishonamiz”, — dedi Tailand vakili.


dayjest

Maxsus iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashlari tugatiladi

“Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, MIZ ma’muriy kengashlari tugatilib, ularning vazifalari direksiyalar zimmasiga yuklatiladi.


dayjest

O‘zbekiston YeIga bojsiz eksport imtiyozlarini 10 yilga uzaytirishni taklif qildi

O‘zbekiston hukumati Yevropa Ittifoqiga GSP+ savdo imtiyozli rejimini yana 10 yilga uzaytirishni, shuningdek, bojsiz eksport qilinadigan tovarlar ro‘yxatini kengaytirishni taklif qildi. Shuningdek, o‘zbek mahsulotlarini Yevropa standartlariga moslashtirish masalalari va boshqalar muhokama qilindi.


dayjest

O‘zTMK 2030-yilga kelib volfram ishlab chiqarishni 50 barobarga oshirishni rejalashtirmoqda

“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” 2030-yilga kelib molibden ishlab chiqarishni qiymat jihatidan 3,4 barobar, volframni esa 50 barobarga ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.


dayjest

2025-yilda Toshkent viloyatidagi kambag‘allik darajasini 7,2 foizdan 4 foizga kamaytirish rejalashtirilmoqda

Prezident kelasi yilda Toshkent viloyatida 700 ming odamning bandligini ta’minlash, 22 ming oilani daromadli qilib, kambag‘allik darajasini hozirgi 7,2 foizdan 4 foizga kamaytirish, shuningdek, mehnat migrantlarini qaytarib, ularni ishga joylashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.


dayjest

“Undan foydalanmaslik xiyonat hisoblanadi”. Energetika vaziri — O‘zbekistondagi GESlar salohiyati haqida

O‘zbekistonda 2000 ta kichik GES qurish uchun istiqbolli joylar aniqlandi. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov gidroenergetika salohiyatidan foydalanmaslikni xiyonat deb hisoblashini aytdi. Prezidentning ta’kidlashicha, Ugam daryosida kichik GES qurilishini tashkil qilganida, “hech kim ishonmagan”.


Jamiyat

dayjest

O‘zbekistonda 10−15-dekabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

Haftaning birinchi yarmi juda sovuq bo‘lishi, ikkinchi yarmidan esa harorat asta ko‘tarilishi, xususan, janubda shanba kuni +15 darajagacha iliq bo‘lishi kutiladi. Ish kunlari yog‘inlarsiz o‘tadi. Dam olish kunlari esa, navbatdagi nam havo oqimlari kirib kelishi bilan, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.


dayjest

Hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tariladi

O‘zbekistonda hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tarilib boradi: kunduz kunlari 0…+12, kechalari −8…+5 daraja atrofida bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 13−14-dekabr kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Yakshanbadan yana sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.


dayjest

Uzbekistan Airways Yangi yil arafasida talabalar uchun chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways davlat muassasasida tahsil oluvchi talabalar uchun barcha mahalliy aviaqatnovlarning ekonom-klass aviachiptalari tariflariga 50 foizgacha chegirma e’lon qildi.


dayjest

Qibraydagi supermarket va osh markazida sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirildi

10-dekabrda Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi Havas supermarketi va unga tutash bo‘lgan osh markazida katta yong‘in chiqdi. Voqea joyiga 16 ta ekipaj jalb qilingan, yong‘in 40 daqiqa davomida o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Video.


dayjest

Suriyadagi vaziyatni yoritayotgan o‘zbekistonlik shaxsga qidiruv e’lon qilindi, u — terroristik tashkilot a’zosi

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Suriyadagi vaziyat haqida videolar e’lon qilib borayotgan, xalqaro terrorchilik tashkilotiga a’zo Xudoyor Nuriddinovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atib, qidiruv e’lon qildi.


dayjest

UzAuto Motors 11-dekabrda Cobalt uchun kontraktatsiya ochadi

UzAuto Motors 11-dekabr kuni soat 10:00 da Chevrolet Cobalt avtomobili uchun kontraktatsiyani ochadi. Kompaniya avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lovi vaqtida amalga oshirilmagan hajmlarni qayta kontraktatsiyaga qo‘yadi.


dayjest

Talabalarga poyezd chiptalari uchun ham 50 foizlik chegirma berildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” talabalarga 23-dekabr-10-yanvar oralig‘idagi mahalliy qatnovlar chiptalari uchun 50 foizlik chegirma e’lon qildi. SV/VIP klassdagi vagonlar va “Afrosiyob” elektropoyezdlari bundan mustasno. Avvalroq UzAirways ham talabalarga chegirma taqdim etgandi.


dayjest

O‘zbekiston ichki bozorda 300 ming tonnagacha misni qayta ishlash niyatida

O‘zbekiston ichki bozorda yiliga 300 ming tonnagacha misni qayta ishlashni rejalashtirmoqda. Xususan, Ohangaron mis klasterida OKMK misi asosida yarimo‘tkazgichlar va mikroelektron qismlar ishlab chiqarilishi kutilmoqda.


Jahon

dayjest

Isroil Suriyadagi 250 dan ortiq harbiy obyektga hujum qildi

Isroil Suriyadagi eng muhim 250 dan ortiq harbiy obyektga, jumladan, Rossiya bazalari joylashgan Latakiyaga havo hujumlarni uyushtirdi. Avvaroq Isroil harbiylari 50 yil ichida birinchi marta Suriya hududiga kirgandi.


dayjest

Tug‘ilish darajasini oshirish uchun Tokioda 4 kunlik ish haftasi joriy etiladi

Yaponiya poytaxti Tokioda 2025-yil apreldan ishchi onalarga yordam ko‘rsatish va tug‘ilish darajasini oshirish uchun 4 kunlik ish haftasi joriy qilinadi. 2023-yilda 727,2 mingta tug‘ilish qayd etilgan bo‘lib, bir ayolga to‘g‘ri keladigan bola soni 1,2 tagacha pasayib ketgan.


dayjest

Janubiy Koreya parlamenti prezidentga nisbatan tergov bo‘yicha maxsus prokuror tayinlanishini ma’qulladi

Janubiy Koreya parlamenti prezident Yun Sok Yolga qarshi ayblovlarni tergov qilish uchun maxsus prokuror tayinlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Shuningdek, prezident davlatga xiyonat va o‘z vakolatini suiiste’mol qilish ishi bo‘yicha gumon qilinmoqda va mamlakatni tark etishi taqiqlangan.


dayjest

Rossiya Davlat dumasi migrantlarning rus tilini bilmaydigan bolalarini maktabga olishni taqiqlashni qo‘llab-quvvatladi

Rossiya Davlat dumasi migrantlarning rus tilini bilmaydigan farzandlarini maktabga qabul qilishni taqiqlovchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Hujjat uzil-kesil tasdiqlansa, chet elliklarning farzandlari o‘qishga qabul qilinishi uchun test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishlari kerak bo‘ladi.


dayjest

Suriya muvaqqat hukumatiga Muhammad al-Bashir rahbar bo‘ldi

Suriyaning o‘tish davri hukumatiga Muhammad al-Bashir rahbar bo‘ldi. U 2025-yil 1-martgacha bosh vazir vazifasini bajaradi. U avval Suriya muxolifati tomonidan tuzilgan muqobil Najot hukumatini boshqargan.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!