10-dekabr tongida Toshkent viloyatining Qibray tumanida “G‘afur G‘ulom” MFYda joylashgan Havas supermarketi va unga tutash bo‘lgan osh markazida katta yong‘in chiqdi. Bu haqda tonggi soat 03:49 da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda yong‘in kuchli alanga olganini ko‘rish mumkin.


16 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:54 da hodisa joyigi yetib borgan. Yong‘in soat 05:10 da o‘rab olingan va 40 daqiqa ichida to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari — shtab boshlig‘i polkovnik S.T.Zuparov, viloyat FVB rahbariyati hamda tegishli tashkilotlar rahbar xodimlari yetib borgan, deyiladi xabarda.