30-noyabrdan 11-dekabrgacha Tailandda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi peshqadam bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati.
Unda o‘zbekistonlik erkaklar terma jamoasi umumjamoa hisobida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga ega chiqdi. Ayollar guruhi esa 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Erkaklar jamoasining yangilangan tarkibi bu natija uchun Qozog‘istonning Parijga borgan asosiy jamoasini ham, Ukrainaning kuchli tarkibini ham dog‘da qoldirdi, deyiladi xabarda.
Osiyo chempionatining umumiy medallar jamg‘arish bo‘yicha reytingida O‘zbekiston 20 ta medal bilan birinchi, Qozog‘iston ikkinchi va Tailand uchinchi o‘rinni egalladi.
Sovrindorlar (erkaklar):
Oltin medal:
- -48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
- -51 kg: Asilbek Jalilov
- -57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
- -63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov
- -67 kg: Mujibillo Tursunov
- -71 kg: Havasbek Asadullayev
- -75 kg: Javohir Ummataliyev
- -80 kg: To‘rabek Habibullayev
Kumush medal:
- -54 kg: Shahzod Muzafarov
- -86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
Bronza medal:
- +92 kg: Jahongir Zokirov
Ayollar terma jamoasi.
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Sovrindorlar (ayollar):
Oltin medal:
- -48 kg: Farzona Fozilova
- -52 kg: Feruza Kazakova
- -66 kg: Navbahor Hamidova
Kumush medal:
- -54 kg: Aziza Yakubova
- -57 kg: Nigina O‘ktamova
- -75 kg: Aziza Zokirova
- +81 kg: Oltinoy Sotimboyeva
Bronza medal:
- -50 kg: Sabina Boboqulova
- -81 kg: Sohiba Ro‘zmetova.