Siyosat

dayjest

Mamarizo Nurmuratov MB boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etildi

Senat kengashi prezident taqdimnomasiga muvofiq Markaziy banki boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratovni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Suriya va Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali ikki mamlakat munosabatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi, Suriya va Ukraina atrofidagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.


Iqtisodiyot

dayjest

Timur Ishmetov Markaziy bank raisi bo‘lishi kutilmoqda

Prezident Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimi uchun Senatga Timur Ishmetov nomzodini taqdim etdi. Avvalroq Mamarizo Nurmuratov bu lavozimidan ozod etilgandi. Bungacha Ishmetov prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.


dayjest

Timur Ishmetov Markaziy bank raisi etib tayinlandi

Senat kengashi prezident taqdimnomasiga muvofiq Markaziy banki boshqaruvi raisi lavozimiga Timur Ishmetovni tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. U bungacha prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.


dayjest

Mamarizo Nurmuratov Markaziy bank raisi lavozimidan ozod etilishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Senatga Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratovni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritdi.


dayjest

Toshkentda uy-joy ijara narxlari pasayishda davom etmoqda

MHTI mutaxassislari 2024-yilning noyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun o‘rtacha ijara narxlarini tahlil qildi. Mazkur davrda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar narxlari oktabr oyiga nisbatan biroz pasaydi.


dayjest

“Yangi yil sovg‘asi”. “Ko‘prikqurilish” kompaniyasi rahbari Xo‘jakentda temiryo‘l ko‘prigi qurilishi haqida

Yil oxirigacha “Xo‘jakent” vokzalidan “Chinor” bekatigacha bo‘lgan temiryo‘l loyihasi doirasida 390 metr uzunlikdagi temiryo‘l ko‘prigi qurilishini yakunlash reja qilingan, deya ma’lum qildi “Ko‘prikqurilish” kompaniyasi rahbari Zafar Maxamatov. Prezident bu ishni yil oxirigacha tugatish bo‘yicha topshiriq bergan.


dayjest

“Bu O‘zbekiston biznes hamjamiyati uchun aniq signal”. Bosh vazir o‘rinbosari — 2026-yilgacha JSTga a’zo bo‘lish haqida

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini 2026-yilgacha yakunlash uchun tashkilotga a’zo davlatlar bilan muzokaralarni tezlashtiradi, deya ta’kidlandi ishchi guruhning 9-yig‘ilishida. JST rahbari o‘rinbosari “a'zo mamlakatlarning xavotirlariga ochiqcha javob bo‘lgan” prezident farmonini eslab o‘tdi.


dayjest

O‘zbekiston o‘simlik yog‘i eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishi mumkin

Prezident bosh vazir o‘rinbosariga o‘simlik yog‘i eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish taklifini o‘rganishni topshirdi. Shuningdek, kichik yog‘-moy sexlari ishini qonuniylashtirish ko‘zda tutilgan. Xalqaro standartlarni joriy etish hisobiga kolbasa mahsulotlarining yaroqlilik muddatini oshirish rejalashtirilgan.


dayjest

O‘zbekistonda o‘ziga kredit ajratilishiga taqiqni joriy etish rejalashtirilmoqda

Deputatlar fuqaroga o‘ziga kredit ajratilishini taqiqlash huquqini beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Ushbu xizmat kredit olish yoki mijozning pul mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini cheklashga mo‘ljallangan.


dayjest

Yunusobod bozori tomida restoranlar joylashgan uch qavatli savdo markazi va ekobozor bo‘ladi. Foto

Toshkent shahridagi Yunusobod bozori o‘rnida ekobozor, savdo markazi, ofislar, yerosti avtoturargohi, tomida restoranlar va yashil hudud mavjud bo‘lgan uch qavatli majmua quriladi. Prezident bozor uzluksiz ishlashi uchun qurilishni bosqichma-bosqich tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Foto.


dayjest

Qandolatchilarga kokos va palma yog‘i importi bo‘yicha imtiyozlar muddati uzaytiriladi

Prezident qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga kokos va palma yog‘i importi bo‘yicha imtiyozlarni uzaytirishni ma’qulladi. Alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tropik mevalar va apelsin sharbati konsentrati importi bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.


Jamiyat

dayjest

Toshkentda 25-dekabrdan 10-yanvargacha Yangi yil bayrami tadbirlari bo‘lib o‘tadi — manzillar

Yangi yil munosabati bilan poytaxtda 25-dekabrdan 10-yanvargacha bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Bosh archa Milliy kutubxona yaqinida o‘rnatiladi. Yana 14 ta hududda ham archalar qo‘yiladi. Ro‘yxat va manzil.


dayjest

“Senzurani xalq talab qilyapti” — Ozodbek Nazarbekov “ma'naviyat ekspertizasi” haqida

Ma’naviyat markazi tele- va radiokanallar, ijtimoiy tarmoqlar uchun tayyorlanayotgan mediamahsulotlar “ma'naviyat ekspertizasi"dan o‘tkazilishini e’lon qilgan edi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning so‘zlariga ko‘ra, loyiha hozircha xalq muhokamasida, uzil-kesil qaror qabul qilinganicha yo‘q.


dayjest

Sirojiddin Boboqulov bandlik vaziri o‘rinbosari v.b. bo‘ldi

Sirojiddin Boboqulov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. U bunga qadar bosh vazir kotibiyatida bo‘lim boshlig‘i bo‘lgan.


dayjest

“Dok-1 Maks” ishi: Nogiron bo‘lib qolgan bolalar soni rasman 23 nafarga yetdi

“Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilarining holati bo‘yicha qo‘shimcha tergov olib borilgan va ularning masalasi alohida sudda ko‘rilayotgan edi. Noyabrda sud hukmi e’lon qilindi. Jabrlanuvchilar ro‘yxatiga yana besh bola qo‘shildi. Ularning har biri uchun 1 mlrd so‘mdan kompensatsiya undirilishi belgilangan.


dayjest

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi

Hukumat qarori bilan Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi. Qo‘mita o‘z yo‘nalishi doirasida JSTga a’zo davlatlar bilan hamkorlik qiladi.


dayjest

Ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun javobgarlik joriy etish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish maqsadida ta’lim olish va ularni moliyalashtirish uchun javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda. Deputatlar qonun loyihasini birinchi o‘qishda savollarsiz ma’qulladi. Biroq parlamentning bir nafar a’zosi qarshi ovoz berdi.


dayjest

Toshkentda talabalarga chipta sotib olish uchun sayyor kassalar tashkil etildi

Qishki ta’til munosabati bilan Toshkentdagi ikkita OTM binosida temiryo‘l hamda avtobus uchun chiptalarni sotib olish imkoniyati yaratildi.


dayjest

Raqobat qo‘mitasi taksi xizmatlariga yo‘lovchilardan olingan asossiz to‘lovlarni qaytarish majburiyatini yukladi

Raqobat qo‘mitasiga fuqarolardan taksi xizmatlari sifati pastligi, to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar, haydovchilarning qo‘pol muomalasi va narxlar asossiz oshirib yuborilishi yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Qo‘mita qanday choralar ko‘rilganini ma’lum qildi.


dayjest

O‘zbekistonning to‘rtta shahrida 10 kg dan ortiq narkotik olib qo‘yildi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari Toshkent, Farg‘ona, Urganch va Ohangaron shaharlaridagi tezkor tadbirlar davomida, xususan, Tojikistondan olib kelingan 10 kilogrammdan ortiq gashish va opiyni musodara qildi.


Sport

dayjest

O‘zbekistonlik 11 nafar bokschi Osiyo chempioni bo‘ldi

Tailandda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi jami 20 ta medal: erkaklar 8 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, ayollar 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronzani qo‘lga kiritdi.


Jahon

dayjest

Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri hibsxonada o‘z joniga qasd qilishga urindi

Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri Kim Yong Xyon Seuldagi o‘zi ushlab turilgan hibsxona hammomida joniga qasd qilishga urindi, hozirda uning sog‘lig‘i barqaror holatda. Avvalroq u harbiy holat joriy etilishi bilan bog‘liq barcha hodisalar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandi.


dayjest

AQSh Ukrainaga 20 mlrd dollarlik kredit ajratdi

AQSh Ukrainaga 20 mlrd dollarlik kredit ajratdi, bu Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan qoplanadi. Mablag‘ G7 mamlakatlari tomonidan kelishilgan 50 mlrd dollarlik kreditning bir qismidir. AQSh moliya vazirining aytishicha, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash AQSh milliy manfaatlari uchun ham muhim.


dayjest

Rossiya Dumasi “Tolibon"ga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi

Rossiya Davlat dumasi “Tolibon"ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish imkonini beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Avvalroq hukumat mazkur qonun loyihasiga ijobiy sharh tayyorlagandi.


dayjest

Isroil Suriyadagi “strategik qurol zaxiralarining katta qismi” yo‘q qilinganini e’lon qildi

Bashar Asad rejimi qulagandan so‘ng Isroil armiyasi butun Suriya bo‘ylab bir necha yuzlab zarbalar berib, “strategik qurol zaxiralarining katta qismi” yo‘q qilinganini e’lon qildi. 50 yil ichida birinchi marta Isroil Golan tepaliklari yaqinidagi va undan tashqaridagi bufer zonasida ham qo‘shinlarini joylashtirdi.


dayjest

“Tolibon"ning qochqinlar bo‘yicha vaziri portlashda halok bo‘ldi

“Tolibon” hukumatining qochqinlar ishlari bo‘yicha vaziri v.b. Halil Rahmon Haqqoniy va yana olti kishi Kobulda sodir bo‘lgan portlashda halok bo‘ldi. “Tolibon” hukumati matbuot kotibi Haqqoniy “Islomga da’vo qiladigan xorijiylar” tomonidan o‘ldirilganini bildirdi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!