Sirojiddin Suyunovich Boboqulov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Tayinlovga qadar Sirojiddin Boboqulov bosh vazir kotibiyati “mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamenti Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq Xalq banki boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Zafar Azimov vazirga birinchi o‘rinbosar, Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari Alisher Muratov esa o‘rinbosar etib tayinlangandi.