Toshkent shahridagi Yunusobod dehqon bozori o‘rnida uch qavatli ekobozor quriladi. Loyiha chorshanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etildi, deb xabar qildi uning matbuot xizmati.

Bozor “hamisha gavjum, kengayishga esa joy yo‘q”. Bundan tashqari, atrofdagi ko‘chalarda ham tirbandlik yuzaga kelgan. Shu bois uni zamonaviy konsepsiya asosida yuqoriga “o‘stirish”, savdo o‘rinlari va qulayliklarni ko‘paytirish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

тошкент, юнусобод dehqon bozori, юнусобод тумани

“Loyihaga ko‘ra, avvalo, asliyat saqlab qolinib, hozirgisining o‘rnida uch qavatli ekobozor quriladi. Uning yonida qo‘shimcha savdo markazi hamda zargarlik uyi barpo etiladi. Eng muhimi, ushbu binolarning yerosti qismi mingdan oshiq avtomobil sig‘adigan turargoh bo‘ladi. Jami 4−5 ming ish o‘rni ochiladi”, — deyiladi xabarda.

тошкент, юнусобод dehqon bozori, юнусобод тумани

Prezident bozor faoliyatini to‘xtatib qo‘ymaslik, qurilishni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

тошкент, юнусобод dehqon bozori, юнусобод тумани

Turkiyalik dizayner “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida yangi binoda ofislar ham bo‘lishini, umumiy maydon 20 ming kvadrat metrni tashkil etishini aytdi.

тошкент, юнусобод dehqon bozori, юнусобод тумани

Markaziy qismida poytaxtda tanish bo‘lgan “ekobozorlar”ga o‘xshash bozor, perimetrlar bo‘yicha esa do‘konlar bo‘ladi. Bolalar uchun batut markazi ochish rejalashtirilgan.

тошкент, юнусобод dehqon bozori, юнусобод тумани

Taqdimotda aytilishicha, majmua tomida restoranlar joylashtiriladi, daraxtlar va butalar o‘stiriladi.

Eslatib o‘tamiz, prezident aprel oyida poytaxt xalq deputatlari kengashi sessiyasida so‘zlagan nutqida bozor olti qavatli bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.