Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida tadbirkor hokimlikdan 1,5 milliard so‘m kompensatsiya undirdi, deb xabar bermoqda biznes ombudsmani ofisi.

Aniqlanishicha, viloyatda faoliyat yurituvchi MCHJ rahbariga tegishli 22 sotix yer uchastkasi va 351,5 kvadrat metrli binolar davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan. Sho‘rchi tumani hokimining qaroriga asosan, tadbirkorning mulki buzilishi va yer uchastkasi hokimlik zaxira yer fondiga kiritilishi belgilangan. Biroq kompensatsiya to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilmagan.

Shu sababli tadbirkor hokimlikdan kompensatsiya undirishda amaliy yordam so‘rab biznes ombudsmaniga murojaat qilgan.

Uning yordamida tadbirkor sudga arz qildi. Sud qarori bilan unga yer uchastkasi uchun 1,2 milliard so‘m va binolar uchun 383 million so‘m miqdorida kompensatsiya undirib berildi.