Samarqand viloyatida 3 ta qoidabuzarlik natijasida tizimga 5,5 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Nazorat tadbirida Toyloq tumanida joylashgan S.Sh.O. fermer xo‘jaligi foydalanilgan elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirmay kelgani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda ta’minot korxonasiga 4 milliard 637 million so‘m zarar yetkazilgan.
Bu kabi holat ushbu tumandagi P.A.O. (537,7 million so‘m) va P.M.W. (371,3 million so‘m) MCHJlarda ham kuzatilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.