O‘zbekistonga sovuq havo massalari kirib kelishi bilan yoqilg‘i quyish shoxobchalarida turnaqator navbatlar yuzaga keladi. Bir necha yildan buyon kuzatilayotgan mazkur holat joriy yilda ham takrorlanmoqda. “Gazeta.uz” muxbiri Toshkentdagi bir qancha zapravkalarda bo‘lib, haydovchilarga mikrofon tutdi.
Ularning aksariyati tonggi soat 04:00−05:00 da zapravkaga kelib, navbat kutayotgani, bu holat uch, to‘rt kundan buyon davom etayotganini qayd etdi. Ayrimlar 5−6 soat navbat kutib ham avtomobiliga yoqilg‘i quya olmayotgani, chunki zapravkalar yopib qo‘yilayotganini bildirdi.
Haydovchilarning fikrlari bilan batafsil quyidagi video orqali tanishish mumkin: