Bahraynning Manama shahrida 6−15-dekabr kunlari o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan o‘z ishtirokini tugatdi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, -109 kg vazn toifasida ishtirok etgan Ruslan Nurudinov dast ko‘tarish mashqida 182 kg bilan beshinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa ham, siltab ko‘tarish dasturida 242 kg bilan 3 yil avval Toshkentda o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangilashga erishdi.

Ruslan Nurudinov.Ruslan Nurudinov.

Shu tariqa, uning umumiy hisobda qayd etgan 424 kg natijasini hech bir atlet yangilay olmadi va Nurudinov uchinchi bor ikki kurash bo‘yicha jahon chempionligiga sazovor bo‘ldi.

Erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasidagi dast ko‘tarish mashqida Sharofiddin Amriddinov oltin medalga qo‘lga kiritdi.

Sharofiddin Amriddinov.Sharofiddin Amriddinov.

U ushbu mashqni 184 kg bilan yakunlashga muvaffaq bo‘ldi. Sportchi siltab ko‘tarishda 212 kg bilan oltinchi, umumiy hisobda esa 396 kg bilan beshinchi bo‘ldi.

Sportchi Muhammadqodir Toshtemirov -81 kg vazn toifasida dast ko‘tarish mashqida 165 kg natija bilan kumush medalga ega chiqdi.

Muhammadqodir Toshtemirov.Muhammadqodir Toshtemirov.

Siltab ko‘tarish mashqida esa Toshtemirov 190 kg bilan to‘qqizinchi bo‘ldi va umumiy hisobdagi 355 kg bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Og‘ir atletikachi Sarvarbek Zafarjonov -89 kg vazn toifasining “A” guruhida qatnashib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Sarvarbek Zafarjonov.Sarvarbek Zafarjonov.

U dast ko‘tarish mashqida 171 kg natija qayd etib, uchinchi o‘rinni egalladi. Biroq siltab ko‘tarishda 204 kg bilan oltinchi, yakunda 375 kg bilan to‘rtinchi pog‘onadan joy oldi.

енгил atletika, jahon чемпионати, jahon чемпиони, руслан нурудинов

енгил atletika, jahon чемпионати, jahon чемпиони, руслан нурудинов