12:40 da xabar to‘ldirildi: Qashqadaryo viloyati YHXBning ma’lum qilishicha, dovonda transport vositalarining harakati davom etmoqda.

15-dekabr kuni soat 10:30 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lidashi Taxtaqorcha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

Viloyat FVB xabariga ko‘ra, bunga kuchli qor yog‘ayotgani sabab bo‘lgan.

“Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.

YHXB ob-havo sharoitini inobatga olgan holda dovonda vaqti-vaqti bilan transport vositalari harakati cheklanishi mumkinligini eslatib o‘tdi.