Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qattiq chiqindi xizmatidan qarzi borlarning elektr energiyasi uchun to‘lovlarini cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini muhokama qilishni boshladi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat hali ham fraksiya darajasida muhokama qilinmoqda. Unda chiqindi to‘lovlaridan qarzi bo‘lganlarni SMS orqali xabardor qilib borish, qarzdorlik vujudga kelgani to‘g‘risida ogohlantirilgandan keyin to‘lov amalga oshirilmasa, ularning elektr energiyasi uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash nazarda tutilgan.

азиз абдuҳакимов, алишер қодиров, kommunal xizmatlar, maishiy chiqindiлар, миллий tiklanish, taрифлар, эколоgiя, elektr energiyasi

“Milliy tiklanish” partiyasi 9-dekabr kuni qonun loyihasini o‘rganib chiqqan va mas’ul idora vakillaridan fraksiyaning navbatdagi yig‘ilishigacha qo‘shimcha ma’lumot so‘ragan. Shu bois qonun loyihasi palata yalpi majlisi kun tartibiga kiritilmagan.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov “Milliy tiklanish” fraksiyasi yig‘ilishida hujjatni shaxsan tushuntirib berdi.

E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun debitor qarzdorlik hozirda 596 mlrd so‘mni tashkil etadi. Bu yil boshiga qaraganda 115 mlrd so‘mga ko‘paygan.

Qarzdorliklarni undirish to‘g‘risidagi arizalarni sudlarga kiritish bo‘yicha Ekologiya vazirligining hududiy organlariga yuklatilgan vazifa ham amaliyotda o‘z samarasini bermagan.

Deputat Jahongir Shirinovning ta’kidlashicha, iste’molchi va energiya ta’minoti korxonasi o‘rtasida ikki tomonlama shartnoma tuziladi. Unga ko‘ra, mijoz to‘lovni amalga oshirish majburiyatini oladi, korxona esa elektr energiyasini yetkazib berish vazifasini bajaradi.

“Bu yerda boshqa subyektlar yo‘q. Faqatgina ikki taraf bor. Elektr tarmog‘i fuqaro bilan tuzilgan shartnomada uchinchi tarafga ega emas. Bu masala huquqiy jihatdan qanday hal etiladi?” — deb so‘radi u.

азиз абдuҳакимов, алишер қодиров, kommunal xizmatlar, maishiy chiqindiлар, миллий tiklanish, taрифлар, эколоgiя, elektr energiyasi

Ekologiya vazirligi vakilining aniqlik kiritishicha, qonun loyihasi mazkur muammoni hal qilish va “to‘g‘ri huquqiy oqibatlar”ni yaratish maqsadida ishlab chiqilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasi bilan individual shartnoma, chiqindi chiqarish xizmati kompaniyasi bilan esa ommaviy oferta shartnomasi tuziladi.

Jumladan, “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimovning ta’kidlashicha, prezident qarori doirasida chiqindi xizmatlari uchun ойлик тŭловлардан qarzdorligi бŭлган abonentlarni SMS orqali xabardor qilib borish allaqachon boshlangan. Hozircha HET kompaniyasi faqat xabarnomalar yubormoqda, ammo elektr energiyasi uchun to‘lov imkoniyatini cheklamayapti. Bunga sabab — elektr energiyasi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish haqidagi qonunlarga hamda energiya ta’minoti korxonalari va iste’molchilar o‘rtasidagi shartnomalarga o‘zgartish kiritish zaruriyatidir.

“Ushbu SMS-xabarlardan so‘ng to‘lovlar hajmi 200−300 barobar oshdi. Ya’ni odamlar haqiqatan ham to‘lovlarni amalga oshirishni boshladi”, — dedi u.

азиз абдuҳакимов, алишер қодиров, kommunal xizmatlar, maishiy chiqindiлар, миллий tiklanish, taрифлар, эколоgiя, elektr energiyasi

Deputatlardan biri, “qaysi mamlakatlarda bir kommunal xizmat qarzi uchun boshqasi o‘chirilishi ko‘zda tutilgan” degan savolni berdi.

Ekologiya vaziri esa “bunday amaliyot deyarli barcha rivojlangan davlatlarda mavjud”ligini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, hozir gap elektr energiyasini o‘chirish haqida emas, balki to‘lovni cheklash haqida bormoqda.

“Milliy tiklanish” yetakchisi Alisher Qodirovning ma’lum qilishicha, ikki yilda barcha kommunal xizmatlarni birlashtiradigan yagona billing tizimi yaratiladi va “qarzdorlik umumlashtiriladi”.

Shu bilan birga, sifatsiz xizmat uchun chorani keskinlashtirish ham ko‘zda tutilgan.

“Hammamiz yorug‘, issiq va toza yashashni istaymiz. Bu istagimizni ta’minlash uchun minglab vatandoshlarimiz tunu-kun ishlaydilar. Ularni haqini to‘lamaslik hammaga zarar. Chiqindilarni to‘plash, saqlash va qayta ishlash jamiyat salomatligi uchun hayotiy masala. Noto‘g‘ri saqlanayotgan chiqindi poligoni kimyoviy quroldek xavfli va bizda 200 ta shunday poligon bor. Chiqindi masalasi eng oxirgi, xavfli nuqtasiga yetib keldi”, — deya yozdi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “tartib bo‘lmagan tizimga investorlar milliardlab mablag‘ini bermoqchi emas”.

“Investitsiyalarsiz tizimni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Chiqindi va elektr to‘lovlari bir tizimga ulanmoqda, navbat gaz va suv to‘lovlariga. Maqsad vatandoshga sifatli kommunal xizmati ko‘rsatishning samarali tizimini yaratish. Qonunni birinchi o‘qishda ma’qulladik”, — dedi Qodirov.