Nilufar Normirzayeva Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Nilufar Normizayeva 1976-yil Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Mutaxassisligi — musiqa o‘qituvchisi, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi.

U faoliyati davomida Yangiyo‘l tumani hokimligining bir qator mas’ul lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar tumani hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.