Zebo Behbudovna Saidova Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi.
Saidova ushbu lavozim bilan bir paytda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i ham hisoblanadi.
U 1978-yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan, tayinlovga qadar Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari — oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Zebo Saidova mazkur lavozimda 2022-yildan buyon ishlab kelayotgan Zebiniso Raxmanovaning o‘rnini egalladi.