Iqtisodiyot
Raqobat qo‘mitasi Uzbekistan Airways va Silk Avia`ni ustun mavqega ega deb topdi
Raqobat qo‘mitasi Uzbekistan Airways va Silk Avia kompaniyalarini ustun mavqega ega deb topdi. Ikkita kompaniya mahalliy aviatashuvlar, bundan tashqari, Uzbekistan Airways xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi, yuk va pochta tashuvlari bozorining 40 foizdan ortig‘ini egallaydi.
Emin Agalarov Chorvoq bo‘yida Sea Breeze Uzbekistan turizm markazini qurmoqchi
Ozarbayjonlik ishbilarmon Emin Agalarov Shavkat Mirziyoyevga Chorvoq bo‘yida joylashadigan Sea Breeze Uzbekistan xalqaro turizm markazi loyihasini taqdim etdi. U 500−700 gektar maydonda dam olish maskanlari, plyajlar, sport maydonchalari, mehmonxonalar, turar joy majmualari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
“Yirik loyihalarni kichik biznes hisobidan moliyalashtirishga chek qo‘yish vaqti keldi” — prezident
Besh yilda kichik va o‘rta biznesning kredit portfelidagi ulushi 40 foizdan 28 foizgacha pasaydi. Prezident kichik biznes subyektlari hisobidan yirik loyihalarni moliyalashtirish amaliyotidan voz kechish kerakligini aytdi. Kredit tarixini baholashda soliq, elektr, gaz to‘lovlarini hisobga olish taklif qilinmoqda.
Jamiyat
Jumadan O‘zbekistonga yana nam va sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda
O‘zgidromet 20−22-dekabr kunlari O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib kelishidan ogohlantirdi. Ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kechasi -10, kunduzi -3 darajagacha pasayadi.
Farg‘onadagi zapravkada portlash sodir bo‘ldi (foto, video)
Seshanba kuni Farg‘ona shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi. Tarmoqlarda hodisa oqibatida jarohatlanganlar borligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Viloyat FVB yong‘in qurshab olingani va o‘chirilganini bildirdi.
Toshkent metropoliteni ilk bor bir kunda million yo‘lovchini tashidi
Toshkent metropoliteni birinchi marta bir kunda 1 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Millioninchi yo‘lovchiga poytaxt jamoat transportidan bir yil davomida bepul foydalanish imkonini beruvchi transport kartasi sovg‘a qilindi.
Farg‘onada zapravkadagi portlashda bir kishi vafot etdi, to‘rt kishi jarohatlandi
Farg‘ona shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi vafot etdi, to‘rt kishi tan jarohati oldi, yana sakkiz kishi tibbiy nazorat ostiga olindi. Portlashga suyultirilgan gazni quyish paytida texnologik jarayon va texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan.
Parkentdagi hayvonot bog‘i qorovuli sherlar hujumi oqibatida halok bo‘ldi
Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Lion park xususiy hayvonot bog‘ida 3 ta sher qafasdan chiqib ketdi. Sherlar qorovulga tashlangan, oqibatda u tan jarohatlari olib, halok bo‘lgan. Hayvonlarning ikkitasi qafasga qaytarildi, biri otib o‘ldirildi.
Gulnora Normurodova Jizzax viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi
Gulnora Normurodova Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari bo‘ldi. U bir paytda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i ham hisoblanadi.
Rossiyadagi YTH oqibatida 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Rossiyaning Ulyanovsk viloyatida Cobalt va yuk mashinasi to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashinada bo‘lgan 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Hozirda ularning jasadlarini vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Nukus shahrining bosh rejasi tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan Nukus shahrining bosh rejasi tasdiqlandi. Hujjatda shaharning bosh rejasi loyihasining asosiy yechimlari va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari ham belgilangan.
Jahon
YI Suriyaning yangi rahbariyati bilan Rossiya harbiy bazalarini mamlakatdan olib chiqishni muhokama qilmoqchi
Yevropa Ittifoqi Suriyaning yangi rahbariyati bilan Rossiya harbiy bazalarini mamlakatdan chiqarishni muhokama qilmoqchi, deb xabar berdi ittifoq oliy vakili Kaya Kallas. Ittifoqning ko‘pgina rasmiylari Suriyada Rossiya harbiylari bo‘lmasligi tarafdori. Bu masala “Suriya rasmiylari bilan uchrashuvlarda ko‘tariladi”.
AQSh chegarada qo‘shinlar to‘planishi tufayli Turkiyaning Suriyaga bostirib kirishidan xavotirda — WSJ
AQSh Turkiya kuchlarining Suriya chegarasida to‘planayotgani va Anqaraning Suriya kurdlari yerlariga bostirib kirishi ehtimolidan xavotirda, deb yozdi WSJ. Harbiylar va artilleriyani ko‘paytirish Bashar Asad rejimi qulaganidan keyin boshlandi.
Germaniya parlamenti Shols hukumatiga nisbatan ishonchsizlik votumini qabul qildi
Germaniya parlamenti kansler Olaf Sholsning so‘rovini qo‘llab-quvvatladi va uning hukumatiga nisbatan ishonchsizlik votumi uchun ovoz berdi. Bu hukmron koalitsiya parchalanganidan keyin zarurat tug‘ilgan muddatidan ilgari saylovlarga yo‘l ochadi.
Hindistonda havo ifloslanishi bilan bog‘liq cheklovlar kuchaytirildi
Hindistonda havo sifati yanada yomonlashganidan so‘ng Nyu Dehli va unga yaqin hududlarda cheklovlar kuchaytirildi. Gibrid darslar 10−12-sinflardan tashqari barcha sinflarga tatbiq etildi. Xodimlarning 50 foiziga uydan ishlashga ruxsat berildi. Ko‘plab qurilish ishlari taqiqlanmoqda.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!