17-dekabr kuni Farg‘ona shahridagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 1 kishi vafot etdi.

Viloyat FVB axborot xizmatining xabar berishicha, portlash tufayli 4 kishi tan jarohati olgan, yana 8 kishi tibbiyot xodimlari nazoratiga olingan.

Boshqarma xabariga ko‘ra, voqea shu kuni 13:43 da Yangiyo‘l mahallasidagi ko‘p yoqilg‘ili shoxobchada suyultirilgan gaz to‘kish vaqtida sodir bo‘lgan.

Yong‘inga yong‘in-qutqaruvchilar 13:47 da yetib borib, 14:02 da o‘rab olinib, 14:12 da yong‘in batamom o‘chirilgan, deyiladi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bayonotida.

FVB, hokimlik, mutasaddi vazirlik va idoralarning mas’ul rahbarlari zudlik bilan voqea joyiga chiqqan. Ishchi guruh yong‘in oqibatlarini bartaraf etish ishlari tashkil qilgan.