17-dekabr kuni tushdan keyin Farg‘ona shahri markazidagi avtomobillarga propan va benzin quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi.

Soat 14:14 da Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in qurshab olingani va soat 15:26 da esa o‘chirilgani haqida xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyati FVB.Foto: Farg‘ona viloyati FVB.

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar yonayotgan odamni o‘chirish uchun o‘t o‘chirgichdan foydalanayotgani aks etgan surat va videolar tarqalmoqda.

Foydalanuvchilar, shuningdek, yonayotgan mashinalar hamda yo‘l bo‘ylab oq tutun tarqalgani, so‘ngra u alanga olgani tasvirlangan kadrlarni ham joylashtirgan.