Gulnora Ikromovna Normurodova Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi.
Gulnora Normurodova 1985-yilda Jizzax tumanida tug‘ilgan. U mazkur tayinlovga qadar Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.
Normurodova mazkur lavozimda 2018-yildan buyon ishlab kelayotgan va 2024-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan Nazira Muxtorova o‘rnini egalladi.