20−22-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, deya ogohlantirdi O‘zgidromet agentligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 20−21-dekabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayadi.

21−22-dekabr kunlari havo harorati kechalari −7…−10 darajagacha, kunduz kunlari 0…-3 darajagacha pasayadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.