Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Lion park xususiy hayvonot bog‘ida sher hujum qilgan qorovul halok bo‘lgani yuzasidan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan malakalandi. Hujjatlar tergov harakatlarini olib borish uchun ichki ishlar organlariga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, 17-dekabr kuni bir qafasda saqlanayotgan 3 ta sher qafasdan bog‘ hovlisiga chiqib ketgan. Voqea vaqtida maskan ish faoliyatida bo‘lmagan va yopiq bo‘lgan.
Hovlidagi sherlar shu yerda qorovul bo‘lib ishlovchi 44 yoshli F.I.ga tashlanib unga jarohat yetkazgan. Fuqaro olgan tan jarohati oqibatida vafot etgan. U hayvonlarni kattakka qaytarmoqchi bo‘lgan.
2 ta sher uxlatuvchi dori vositalar qo‘llangan holda katakka qaytarilgan. 1 ta sher mahalliy ovchi taklif qilingan holda otib o‘ldirilgan.