Siyosat

dayjest

Prezident Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasterini borib ko‘rdi

Prezident Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasterida birinchi bosqichda texnopark, jumladan, ma’muriy markaz, R&D markazi, xavfsizlik nazorati laboratoriyasi, klinik tadqiqotlar markazi, Farmatsevtika texnik universiteti va vivariy quriladigan ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi.


Iqtisodiyot

dayjest

“Tariflarni oshirish uchun aholi daromadlarini ma’lum darajaga yetkazish kerak edi” — bosh vazir o‘rinbosari

Hukumat tariflar bu yil oshirilgani va yana oshirilishi kutilayotganiga qaramay, 2025−2027-yillarda gaz va elektr energiyasini subsidiyalashda davom etadi. Bu 2028-yilga boribgina to‘xtatilishi rejalashtirilmoqda. Bosh vazir o‘rinbosari energoislohot nima bilan yakunlanishi kerakligini tushuntirdi.


dayjest

Toshkentdagi pulli parkovkalar uchun kimoshdi savdosi qayta o‘tkazildi. G‘olib — Streetpark Systems

Toshkent shahrida pulli avtoturargohlarni tashkil etish huquqini beruvchi takroriy auksion o‘tkazildi. 120 mlrd so‘m taklif qilgan avvalgi g‘olib Balcomuz kompaniyasi bilan shartnoma tuzilmagan. Yangi g‘olib Streetpark Systems bo‘ldi, u ikkita taklifdan so‘ng 62,9 mlrd so‘mlik taklif bilan g‘olib chiqdi.


dayjest

O‘zbekiston kriptosferasida litsenziya berish uchun davlat bojlari tasdiqlandi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi O‘zbekistonda mayning-pul, kriptodo‘kon, kriptodepozitariy va kriptobirjalar faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun bojlar miqdorini belgiladi.


Jamiyat

dayjest

Farg‘onadagi portlash: yana 3 kishining o‘lgani tasdiqlandi, 5 kishi qamoqqa olindi

Farg‘onada zapravkadagi portlash oqibatida shifoxonaga yotqizilgan bemorlardan 3 nafari vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, 5 kishi qamoqqa olindi. Avvalroq hodisa sabab bir kishi vafot etgani va to‘rt kishi jarohatlangani xabar qilingandi.


dayjest

UzAuto Motors 19-dekabr kuni Cobalt uchun kontraktatsiyani ochadi

UzAuto Motors 19-dekabr kuni soat 10:00 da Chevrolet Cobalt avtomobili uchun kontraktatsiyani ochadi. Kompaniya avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov vaqtida amalga oshirilmagan hajmlarni qayta kontraktatsiyaga qo‘yadi.


dayjest

Farzand tug‘ilganda otalarga 5 kunlik ta’til berish taklif etilmoqda

Qonunchilikka erkaklar farzandli bo‘lganda, turmush o‘rtog‘iga yordam berish va boshqa farzandlariga qarab turishi uchun qisqa muddatli ta’tilga chiqishi bilan bog‘liq me’yor kiritish taklif etilmoqda.


dayjest

Samarqandda “Umr tezlikdan muhim” shiori tushirilgan avtobus ayolni urib yubordi

Samarqandda “Umr tezlikdan muhim” shiori tushirilgan avtobus ko‘chani kesib o‘tayotgan 35 yoshli ayolni urib yubordi. Oqibatda ayol voqea joyida halok bo‘ldi.


dayjest

Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi

Andijonning Asaka tumanida er-xotin ko‘mirdan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


dayjest

“O‘zbekiston temir yo‘llari” qishki ta’tilda qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

“O‘zbekiston temir yo‘llari” 2024-yil 15-dekabrdan 2025-yil 12-yanvarga qadar bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezd qatnovlarini tashkil etadi.


Jahon

dayjest

Rossiyada general teraktda halok bo‘ldi. O‘zbekistonlik erkak bu ishda gumonlanmoqda

Rossiya Qurolli kuchlari generali Igor Kirillovni o‘ldirishda gumonlangan O‘zbekiston fuqarosi Moskvada ushlandi. Tergov qo‘mitasi uni Ukraina 100 ming dollar evaziga yollaganini bildirdi. Ilgari Kirillov Ukraina harbiylariga qarshi taqiqlangan kimyoviy qurol ishlatishga buyruq bergani aytiladi.


dayjest

“Menda hamma Putin Rossiyasidan qo‘rqadigandek taassurot bor” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning kuchi Qrim va Donbassni qaytarib olishga yetmasligi, Putinga bosim o‘tkazish va bu urushni to‘xtatish uchun kuchli Amerika va Yevropa kerakligini aytdi. “Menda shunday taassurot borki, hamma Putin Rossiyasidan qo‘rqadi, u jazosiz qolmoqda”, — dedi Zelenskiy.


dayjest

Adilbek Kasimaliyev Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri etib avval bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Adilbek Kasimaliyev tayinlandi. U ikki kun avval prezident iste’foga chiqargan Akilbek Japarovning o‘rnini egallaydi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!