19-dekabr kuni tushga yaqin Toshkent shahrining Yangi Sergeli va Qipchoq ko‘chalari chorrahasida 132-yo‘nalishda harakatlanadigan Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi.
Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berishicha, xabar soat 11:51 da kelib tushgan, voqea joyiga ikkita yong‘in-qutqaruv ekipaj jo‘natilgan. Ular soat 11:55 da yetib borgan va yong‘in soat 11:57 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida qurbonlar yo‘q, deyiladi xabarda.
Bu bir sutkadan kamroq vaqt ichida sodir bo‘lgan ikkinchi shunday hodisadir. Chorshanba kuni kechqurun ham Yunusobod tumanida 169-yo‘nalishda harakatlanayotgan Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘lgandi. “Toshshahartransxizmat”ning xabar berishicha, bunga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.