Siyosat
Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev ishdan olindi
2017-yildan buyon Jizzax viloyati hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Ergash Saliyev ishdan olindi. Uning o‘rnini “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi raisi Ulug‘bek Mustafoyev egalladi.
O‘zbekistonning Kiprdagi birinchi elchisi tayinlandi
Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Kiprdagi birinchi elchisi etib tayinlandi. U bir paytning o‘zida Italiyadagi elchi ham hisoblanadi.
Leyli Seitova Qoraqalpog‘iston ekologiya vaziri bo‘ldi
Leyli Seitova Qoraqalpog‘iston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga tayinlandi. U bungacha Nukus tumani moliya bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.
Iqtisodiyot
Qishloq maktablarining isitish tizimini issiqlik nasoslariga o‘tkazish foydalimi? GEF KGD iqtisodiy tahlili
BMTTD 2023-yili Sirdaryodagi qishloq maktabida ko‘mirga muqobil isitish tizimini ishga tushirdi. Iqtisodchilar isitish mavsumi yakunlariga tayanib, yangi “yashil” texnologiya qanchalik foydali ekani va uning uchun qanday sharoitlar yaratilishi kerakligini o‘rgandi. Loyiha natijalari “Gazeta.uz” materialida.
“Ikkala g‘olib ham shartnoma imzolamadi”. E-auksion — Toshkentdagi pulli parkovkalar uchun qayta savdo o‘tkazilgani haqida
Toshkentda pulli avtoturargohlar bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi auksionda 2 kompaniya ishtirok etdi va narxni 120 mlrd so‘mgacha ko‘tardi. Biroq ular shartnoma imzolamagani uchun g‘oliblik bekor qilindi. Yangi auksionda 3 ishtirokchi qatnashdi, lekin g‘olib ikki taklifdan so‘ng aniqlandi.
Xitoyda “Temiryo‘lkargo"ning vakolatxonasi ochildi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Temiryo‘lkargo” kompaniyasi Xitoyda ilk vakolatxonasini ochdi. U multimodal transportni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.
OTB O‘zbekistonda DXSH loyihalari orqali maktabgacha ta’limni yaxshilashga yordam beradi
OTB O‘zbekistonning beshta hududida 500 ta bog‘chani rivojlantirish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda maslahat yordamini ko‘rsatadi. Xususan, bank Samarqand viloyatida 100 ta bolalar bog‘chasini rivojlantirish bo‘yicha shunday xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda.
Imtiyozlarni uzaytirish, mahalliylashtirish, jamg‘arma yaratish. Prezidentning farmatsevtika kompaniyalari bilan uchrashuvidan asosiy ma’lumotlar
O‘zbekiston prezidenti farmatsevtika korxonalari rahbarlari bilan uchrashuvda bojxona imtiyozlari 2028-yilgacha uzaytirilishi, 100 mln dollarlik kapitalga ega Ilg‘or loyihalar investitsiya jamg‘armasi tashkil etilishini ma’lum qildi.
Jamiyat
Mulohaza: XXI asr pedagogi qanday bo‘lishi kerak?
Kelajakning tahdid va imkoniyatlariga tayyor yangi avlodni samarali tarbiyalash va rivojlantirish uchun pedagog qanday bo‘lishi kerak? Rufina Gridneva ilg‘or mamlakatlar tajribasini tahlil qilib, XXI asr pedagogi qiyofasi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
“O‘ziga ishongan ayol qiyinchiliklarni yenga oladi” — dunyoni ilhomlantirgan denovlik Dilorom Yo‘ldosheva hikoyasi
Dilorom Yo‘ldosheva baxtsiz hodisadan keyingi hayotiga chevarlik bilan ma’no kiritgan, 60 dan ortiq xotin-qizga hunar o‘rgatgan. BBC tomonidan tuzilgan ro‘yxatda Nobel sovrindori va dunyoga mashhur boshqa ayollar bilan bir safdan o‘rin olgan hamyurtimiz hayot yo‘liga “Gazeta.uz” bir qur nazar tashlaydi.
Toshkentning bosh archasi 33 mingta o‘yinchoq bilan bezatildi
Toshkent markazida Yangi yil bosh archasi o‘rnatildi. Uning balandligi 33 metr (yulduzi bilan 35 metr) va 33 mingta o‘yinchoq bilan bezatilgan. Archa 25-dekabrdan 10-yanvargacha bezatilgan holda xizmat ko‘rsatadi.
Toshkentda bir sutka ichida ikkinchi Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi
Sergeli tumanida 132-yo‘nalishda harakatlanadigan Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi. Kecha kechqurun Yunusobod tumanida ham xuddi shu rusumdagi avtobus yonib ketgandi.
Qashqadaryoda erkak va uning uch farzandi is gazidan halok bo‘ldi
Qashqadaryoning Qarshi shahrida bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Andijondan Suriyadagi terroristik tashkilotlarga pul jo‘natgan shaxs 10 yildan ko‘proqqa qamaldi
Andijon shahridagi oshxonada ishlagan fuqaro 2023-yilning avgust-dekabr oylarida Suriyadagi terroristik tashkilotlarga pul o‘tkazgan. U 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Energetika vazirining Otabek Bakirovga qarshi arizasi: Toshkent shahar IIBB jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi
Toshkent shahar IIBB energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning shikoyat arizasi bo‘yicha moliyachi Otabek Bakirovga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi. Boshqarmaning bu qaroriga, xususan, AOKAning shikoyat arizasida ko‘rsatilgan vajlar mavjud emasligi haqida tegishli ekspertiza xulosasi asos bo‘lgan.
Toshkentda uch erkak homilador ayolga tegajog‘lik qilgani uchun 10 sutka qamoq jazosi oldi
Toshkentda uch nafar mast erkak ishdan qaytayotgan homilador ayolni haqoratlab, unga tegajog‘lik qilgan. Sud ularni mayda bezorilikda aybdor deb topib, 10 sutkadan qamoq jazosi tayinladi.
Foto: “O‘zbekkosmos” tomonidan yil boshidan buyon 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona aniqlandi
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda umumiy maydoni qariyb 721 gektar bo‘lgan 1928 ta noqonuniy chiqindixona aniqlandi, deb xabar qildi “O‘zbekkosmos” agentligi. Eng ko‘p — 363 ta chiqindi poligoni Toshkent viloyatiga to‘g‘ri keladi.
Sport
O‘zbekistonda payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi
Prezident qarori bilan O‘zbekistonda payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni etib belgilandi. 2025/2026 o‘quv yilidan sport maktablarini sport turlariga ixtisoslashtirish amaliyoti joriy etiladi.
Jahon
Koreya voni kursi 15 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushdi
Janubiy Koreya valyutasi AQSh dollariga nisbatan keskin pasayib, 2009-yildan beri ilk marta 1450 vondan oshdi. Mamlakatdagi siyosiy noaniqliklar vonni dollarga nisbatan sezilarli darajada zaiflashtirgandi, uning yanada tushishi AQShda asosiy foiz stavkasi 0,25 foizga pasayishi bilan bog‘liq.
YI davlatlari o‘t ochish to‘xtatilgan taqdirda, tinchlikparvar kuchlarini Ukrainaga yuborishni muhokama qilmoqda — Reuters
Yevropa davlatlari o‘t ochish to‘xtatilgan yoki tinchlik bitimi tuzilgan taqdirda, o‘n minglab tinchlikparvar kuchlarini Ukrainaga yuborishni muhokama qilmoqda, deb yozadi Reuters. Muzokaralar hali dastlabki bosqichda.
Abxaziya parlamenti yaqinida otishma ro‘y berdi, bir deputat halok bo‘ldi
Abxaziya parlamenti binosi yaqinida ro‘y bergan otishmada ikki deputat yaralanib, ularning biri vafot etdi. OAV parlamentning boshqa bir deputati otishmada gumonlanayotgani haqida xabar berdi, u voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan. Hodisa yuzasidan tergov boshlandi.
“Suriya tinchlikka tahdid solmaydi” — Suriya isyonchilari yetakchisi
Suriya isyonchilari yetakchisi va mamlakatning amaldagi rahbari Ahmad al-Sharaa Suriya o‘z qo‘shnilari yoki G‘arb uchun xavf tug‘dirmasligini aytdi. U urushdan tinkasi qurigan mamlakatga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi va Suriya navbatdagi Afg‘onistonga aylanishi mumkinligi ehtimolini rad etdi.
Duyshonkul Chotonov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi
Sadir Japarov Duyshonkul Chotonovni Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinladi. Chotonov ilgari Koreya va Vetnamda ham elchi bo‘lgan.
Isroilning G‘azodagi aholini suvdan mahrum etishi genotsiddir — HRW
Human Rights Watch tashkilotining ta’kidlashicha, Isroilning G‘azo aholisini suvdan mahrum etishi genotsid va qirg‘in aktlariga teng keladi. Hisobotda G‘azodagi falastinliklarning suv bilan ta’minlangani yashab qolish uchun zarur bo‘lgan 15 litrlik chegaradan ancha past ekani aytiladi. Isroil ayblovlarni rad etdi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!