Duyshonkul Tezekbayevich Chotonov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati. Prezident Sadir Japarov bu bo‘yicha farmonni imzoladi.

Chotonov 1967-yil 2-oktabr kuni O‘shda tavallud topgan. U ilgari Qirg‘izistonning Koreya Respublikasi (2011−2015) va Vetnam (o‘rindoshlik asosida, 2012−2015) dagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lgan.

U “Ata Meken” partiyasidan Jogorku Kenesh Qonunchilik assambleyasi deputati bo‘lgan. 2010-yilda muvaqqat hukumatda favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajargan.

Noyab oyida Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida 2022-yil apreldan beri ishlab kelgan Musa Jamanbayev mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgani xabar qilingandi.