O‘zbekistonda kosmik monitoringlar davomida yil boshidan buyon 721 gektarga yaqin 1928 ta noqonuniy chiqindixona aniqlandi, deb xabar qildi agentlik matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, ulardan 123 tasi ya’ni 255,5 gektari chiqindi saqlash poligonlari chegarasidan tashqariga chiqish, 1805 ta yoki 465,2 gektari yesa noqonuniy chiqindi poligonlari sifatida aniqlangan.
Eng ko‘p noqonuniy chiqindixona Toshkent viloyatida qayd etilgan — umumiy maydoni 98,6 gektar bo‘lgan 363 ta chiqindixona.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 243 ta (63,2 gektar), Xorazm viloyatida 168 ta (22 gektar), Buxoro viloyatida 92 ta (91b7 gektar), Navoiy viloyatida 216 ta (112,4 gektar), Samarqand viloyatida 147 ta (41,2 gektar), Qashqadaryo viloyati 81 ta (79b3 gektar), Andijon viloyati 180 ta (42 gektar), Namangan viloyatida 195 ta (65,2 gektar), Farg‘ona viloyatida 164 ta (51 gektar), Jizzax viloyatida 39 ta (30,44 gektar) va Surxondaryo viloyatida 40 ta (20,11 gektar) chiqindixona aniqlangan.
“Bu kabi noqonuniy chiqindi poligonlarining tashkil yetilishi avvalo atrof-muhit va ekologiyaga katta salbiy ta’sir o‘tkazib, tuproq, suv va havo sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan xavflidir”, — deyiladi agentlik xabarida.
Qolaversa, zararli hasharotlar ko‘payishi, infeksion kasalliklarning ortishi, insonlarda o‘pka saratoni va nafas olish nuqsonlarining rivojlanishiga olib keladi, deyiladi xabarda.