Prezident farmoni bilan Jizzax viloyati hokimi Ergash Alibekovich Saliyev lavozimidan ozod etildi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Ergash Saliyev 1956-yil 17-iyulda Jizzax viloyati Forish tumanida tug‘ilgan. 1978-yil Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
2000−2012-yillarda Paxtakor tumani hokimi, 2012−2016-yillarda Jizzax davlat politexnika instituti rektori, 2016−2017-yillarda Arnasoy tumani hokimi sifatida faoliyat yuritgan. 2017-yildan shu vaqtgacha bu lavozimda qolayotgandi.
Shavkat Mirziyoyevning boshqa farmoni bilan uning o‘rniga “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi raisi Ulug‘bek Mavlonovich Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Ulug‘bek Mustafoyev
Foto: het.uz.
Mustafoyev 2010−2016-yillarda Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari, Jizzax viloyat hokimi o‘rinbosari, 2017−2019-yillarda “O‘zbekenergo” raisi, 2019-yildan hozirgacha “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi raisi bo‘lib ishlab kelgan.