19-dekabr kuni O‘zbekistonning Kiprga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Abat Fayzullayev mamlakat prezidenti Nikos Xristodulidisga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Kipr yetakchisi xorijiy diplomatlardan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimida O‘zbekiston bilan munosabatlar istiqbollariga alohida to‘xtaldi, deyiladi xabarda.
“O‘zbekiston bilan ikki tomonlama, shuningdek, Yevropa Ittifoqi doirasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratamiz” — dedi u.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Kipr o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1997-yil 30-mayda o‘rnatilgan. Abat Fayzullayev Kiprga tayinlangan O‘zbekistonning birinchi elchisi bo‘ldi. Vakolatxona qarorgohi Rim shahrida joylashgan
U bir vaqtda O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi ham hisoblanadi, mazkur lavozimga 2023-yil oktabr oyida tayinlangan edi.