Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydonda bosh archaning o‘rnatilishi yakunlandi, deb xabar berdi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Archaning balandligi 33 metr, yulduzi bilan birga esa 35 metr. U 33 mingta o‘yinchoq va umumiy uzunligi 14 ming metr bo‘lgan 3500 ta archa chiroqlari bilan bezatilgan.

archa, тошкент, янги йил

Maydonda yana to‘rtta kichik archa, 300 dan ortiq dekorativ elementlar va chiqishlar uchun katta sahna o‘rnatilgan.

archa, тошкент, янги йил

“Gazeta.uz” poytaxtning barcha tumanlaridagi archalar joylashgan manzillarni e’lon qilgandi. Ularning aksariyati 25-dekabrdan 10-yanvargacha ochiq bo‘ladi.