Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida er-xotin va ularning o‘g‘li is gazidan vafot etdi. Bu ma’lumotni Bosh prokuratura axborot xizmati “Gazeta.uz”ga tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, 19-dekabr kuni fuqaro N.X. tuman ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, opasi, pochchasi va ularning o‘g‘li yashash xonadonida vafot etganini bildirgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 43 yoshli erkak, 35 yoshli ayol va 8 yoshli bolaning o‘lima is gazidan zaharlanish oqibatida sodir bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.