Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 8-maktab direktori xizmat xonasida qimor o‘yini tashqil qilgani aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida maktab direktori o‘z xizmat xonasida qimor o‘yini tashkil etib, sheriklari bilan o‘ynayotgan aniqlangan.
Boshqarma xabariga ko‘ra, tashkilotda o‘rnatilgan ichki mehnat tartib qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani uchun direktor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bir tomonlama bekor qilindi.
Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.