Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet agentligi.

Juma kuni kunduzi Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13−18 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 0…+5 daraja, janubda +8 daraja bo‘ladi.

Shanba−yakshanba kunlari yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Harorat 21−22-dekabrda kechalari −5…−10 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari −2…+3 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkent shahrida shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari −5…−7 daraja, kunduz kunlari 0…+3 daraja bo‘ladi.

Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.