O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonlari yakuniy bosqichga kirmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Mamlakat AQSh va Xitoy kabi yirik davlatlar bilan a’zolik bo‘yicha muzokaralarni yakunladi.

JST qoidalariga zid bo‘lgan imtiyozlar bekor qilinayotgan bo‘lsa-da, davlat tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, adolatli raqobat muhitida ishlashi uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratishda davom etishi ta’kidlandi.

азизбек uрuнов, ақш, жст, кетрин тай, savdo, шавкат мирзиёев

19-dekabr kuni O‘zbekiston va AQSh O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish doirasida bozorlarga kirish masalalari bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokolni imzoladi.

Hujjatni bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va AQSh Savdo vakili Ketrin Tay imzoladi.

“Bu yil JSTga a’zo bo‘lish jarayoni uchun tarixiy ahamiyatga ega yil bo‘ldi va uning yakunida istiqbolli natijalarga erishildi. Jamoa prezident Mirziyoyev rahbarligida qo‘yilgan vazifalarni bajarishga yanada ko‘proq e’tibor qaratmoqda. 2026-yilga oz qoldi va maqsadga sodiqlik aniq ko‘rinib turibdi”, — deb yozdi prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov LinkedIn’da.

AQSh savdo vakili Ketrin Tay ham O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish sa’y-harakatlarini Bayden-Harris ma’muriyati tomonidan qo‘llab-quvvatlash davom etayotganini ta’kidladi.

“AQSh O‘zbekiston bilan tovar va xizmatlar bozorlariga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlaganini e’lon qilishdan mamnun. O‘zbekiston 1994-yilda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan va 2020-yilda bu yo‘nalishda faol ish boshlagan. O‘zbekistonning muzokaralarni davom эттирishга bo‘lgan qat’iy intilishi so‘nggi ikki yilda sezilarli yutuqlarga erishdi, jumladan, ikki tomonlama kelishuvimiz muvaffaqiyatli yakunlandi”, — dedi u.

Hozirda hammasi bo‘lib 22 davlat bilan muzokaralar yakunlandi. O‘runov O‘zbekiston Rossiya, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Shveysariya va boshqa davlatlar bilan muzokaralarni yakunlashi kerakligini ta’kidlagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev avgust oyida tadbirkorlar bilan uchrashuvda O‘zbekistonning JSTga kirishi — chuqur o‘ylangan va uzoqni ko‘zlagan tanlov, qolaversa, islohotlarning ajralmas bir qismi, degandi. “Iqtisodiyotimizga oldinlari proteksiya qaysidir ma’noda kerak edi. Yana shu yo‘lda davom etsak, imkoniyatlarimiz cheklanib qoladi”, — degan u ishbilarmonlar bilan uchrashuvda.

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev may oyida O‘zbekiston 2026-yilda Kamerunda bo‘lib o‘tadigan 14-vazirlar konferensiyasigacha JSTga a’zo bo‘lish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.

Dekabr oyi boshida JST ishchi guruhining 9-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tashkilot rahbari o‘rinbosari “a’zo mamlakatlarning xavotirlariga ochiqcha javob bo‘lgan” prezident farmonini eslab o‘tdi.