Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq Avazjon Qudratillayevich Karimov sport vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Avazjon Karimov 1983-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, 2016-yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini, 2021-yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2006-yilda Karate milliy federatsiyasi raisi o‘rinbosarligidan boshlagan va undan keyin bir qancha rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

2019−2020-yillarda Respublika olimpiya zaxiralari kolleji direktori, 2020−2021-yillarda jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari, 2021−2022-yillarda turizm va sport vaziri o‘rinbosari, 2022−2023-yillarda sportni rivojlantirish vaziri maslahatchisi, 2023 — 2024-yillarda yoshlar siyosati va sport vaziri maslahatchisi bo‘lgan.

Karimov tayinlovga qadar sport vazirining maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.