Chery Tiggo 2 Pro — shahar muhiti va yengil darajadagi yo‘lsiz sharoitga mos keladigan ishonchli va manyovrli krossover. O‘ziga xos uslubli dizayn, texnologik yechimlar va foydalanish xarajatlarining yuqori emasligi esa uni o‘zbekistonliklar uchun jozibador variantga aylantiradi. Avtomobil yorqin xromlangan radiator panjarasi va Tiggo turkumiga oid o‘ziga xos qiyofani yaratuvchi LED elementlari bilan ajralib turadi.
Tiggo 2 Pro krossoveri SVT pog‘onasiz uzatmalar qutisi bilan ishlaydigan bir litr hajmga ega turbo dvigatel bilan jihozlanganligi uning ravon harakatlanishini ta’minlaydi va komponentlarning ishdan chiqishini kamaytiradi. Model ikki rangli 17 dyuymli disklar va LED elementlari, spoyler va hajmi 420 litr bo‘lgan qulay yukxonasi mavjud bo‘lgan o‘zgacha uslubli orqa qismga ega. Krossover AI-92 va undan yuqori benzinda ishlaydi, yonilg‘i sarfi esa aralash siklda 100 km uchun 6,3 litrni tashkil qiladi, bu uni raqobatchilar orasida narx/sifat bo‘yicha yetakchilardan biriga aylantiradi.
Tiggo 2 Pro ichki dizayni haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik yaratishga qaratilgan. Ekocharm bilan qoplangan isitiladigan o‘rindiqlar, yumshoq bezak elementlari va qurilmalar panelining ergonomik dizayni uzoq safarlarda ham qulaylik yaratadi. Apple Sarplay va Android Auto tizimida ishlaydigan 9 dyuymli ekran aloqada bo‘lish imkonini beradi. Krossoverda salonga kalitsiz kirish va dvigatelni tugma bilan ishga tushirish funksiyasi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Tiggo 2 Pro old va yon xavfsizlik yostiqchalari, ISSOFIX mahkamlash tizimi va har qanday sharoitda safarni yoqimli o‘tkazish uchun iqlim nazorati tizimi bilan jihozlangan.
Sotuvlar boshlanishida model mijozlarning qulaylik va funksionallik ehtiyojlariga to‘liq javob beradigan bitta komplektatsiyada mavjud bo‘ladi. Taqdimotda e’lon qilingan narx — 214 900 000 so‘m — avtomobilni o‘z turkumida ajoyib taklifga aylantiradi.
ADM Global va Chery brendi yangi Tiggo 2 Pro kompaniyaning O‘zbekiston bozoridagi ikki yillik tarixining muvaffaqiyatli davomi bo‘lishiga ishonadi.
Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:
Doimiy aloqa telefoni: (+998) 71−276−55−55.
Sayt: cheryauto.uz
Facebook: fb.com/CheryUzbekistan
Instagram: @cheryuzbekistan
Telegram: t.me/cheryuzbekistan
Telegram bot: t.me/cheryuzbekistanbot
YouTube: @cheryuzbekistan
Reklama huquqlari asosida.