Siyosat

dayjest

Avazjon Karimov sport vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

Avazjon Karimov sport vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar vazir maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.


Iqtisodiyot

dayjest

Prezident fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini “bulut"da saqlash taklifini o‘rganishni buyurdi

Gruziyaning TBC Bank Group guruhi vakili Oliver Xyuz banklarga foydalanuvchi ma’lumotlarini “bulut"da saqlashga ruxsat berishni so‘radi. Prezident aqliy hujum o‘tkazish va takliflar kiritishni buyurdi. “Gap fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari haqida ketyapti… Bu yerda xato qilishga haqqimiz yo‘q”, — dedi u.


dayjest

2025-yildan tuman va shaharlar hokimliklariga qo‘shimcha vakolatlar beriladi

Prezident farmoni bilan hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning yangi tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. Farmonga ko‘ra, hokimliklarga balansidagi ko‘chmas mulklarni muayyan shartlar asosida tadbirkorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 10 yilga ijaraga berish vakolati berilmoqda.


dayjest

O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish qisqarishi davom etmoqda, dizel ishlab chiqarish keskin pasaydi

O‘zbekistonda gaz qazib olish noyabr oyida ham pasayishda davom etdi va 3,67 mlrd kub metrgacha tushdi (2023-yil noyabriga nisbatan -3,3 foiz). Ko‘rsatkich 11 oyda deyarli 2 mlrd kub metrga kamaydi. Dizel ishlab chiqarish 37,1 foizga, benzin 12,4 foizga, neft 8,7 foizga kamaydi.


dayjest

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentda oltita mehmonxona va yirik klinika ochilishini ma’lum qildi

Tadbirkor, Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev prezident bilan uchrashuvda poytaxtda “yagona ekotizim doirasida” 1200 o‘rinli oltita yangi mehmonxona ochish rejalari haqida ma’lum qildi. Shuningdek, u Klivlenddagi Amerika tibbiyot markazi bilan birgalikda katta klinika qurishni rejalashtirgan.


dayjest

Dollarning rasmiy kursi ilk bor 12900 so‘mdan oshdi

Markaziy bankning bir AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ilk bor 12900 so‘mdan oshdi. Yil boshidan buyon milliy valyuta 2023-yilning shu davridagi 10,2% ga nisbatan 4,56% qadrsizlandi.


dayjest

O‘zbekiston JB ko‘magida Xorazmda yangi quyosh elektr stansiyasi ishga tushiradi

Jahon banki “Milliy elektr tarmoqlari” Xorazm viloyatidagi yangi quyosh elektr stansiyasidan elektr energiyasi xarid qilishi uchun O‘zbekistonga bank kafolati ko‘rinishida 3,5 mln dollar ajratdi. Uni Fransiyaning Voltalia kompaniyasi quradi.


dayjest

Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi

Qoraqalpog‘istonda 3 ta asosiy yo‘nalish — qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etilib, takliflar tayyorlanadi va hokimlarga yetkaziladi. Prezident ko‘p energiya talab qiluvchi yirik loyihalarni ushbu hududda joylashtirish kerakligini ta’kidladi.


Jamiyat

dayjest

O‘zbekistonda 23−29-dekabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

Ish kunlari quruq, ammo sovuq, dam olish kunlari esa biroz bulutli va kam yog‘inli bo‘lishi kutilyapti; kunduzi iliqroq harorat kuzatilsa-da, tunda baribir sovuq bo‘ladi. Dam olish kunlari O‘zbekistonga nam havo oqimi kirib kelishi bilan haroratning tungi minimumi ham nol darajaga yaqin bo‘lishi mumkin.


dayjest

Soat 2:00 ga qadar: Toshkent metrosi Yangi yil kechasida 2 soat ko‘proq ishlaydi

Toshkent metrosi ilk marta Yangi yil bayrami munosabati bilan 31-dekabr kuni soat 05:00 dan 1-yanvar soat 02:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.


dayjest

Hafta davomida harorat +10 darajagacha isiydi

2024-yilning so‘nggi ish haftasi yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +10, janubda +15 darajagacha isiydi. Kechalari kuzatilayotgan sovuqlar asta-sekin kuchsizlashadi.


dayjest

O‘zbekistonlik erkak Rossiyada o‘zi bilan birga yashagan ayolni o‘ldirdi va vatanga qaytgach, buni tan oldi

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik erkak o‘zi bilan birga yashagan, O‘zbekistonda tug‘ilgan ayolni o‘ldirib, uning jasadini uy yerto‘lasiga yashirdi. Erkak vataniga qaytgach, huquq-tartibot idoralariga o‘z jinoyati haqida xabar bergan.


dayjest

O‘zbekistonda gibrid avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish arzonlashdi, moped va skuterlar uchun stavka belgilandi

O‘zbekistonda gibrid avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, mototsikl va tirkamalar uchun raqam belgilarini berish uchun to‘lovlar kamaytiriladi. Moped va skuterlarni ro‘yxatdan o‘tkazish narxi BHMning 1,5 baravarini, raqam berish ham 1,5 baravarni tashkil etadi.


dayjest

Xalqaro kurash instituti faoliyatini moliyalashtirish 2026-yildan respublika byudjetiga o‘tkaziladi

Prezident qarori bilan kurash sport turini ommalashtirishga oid bir qancha chora-tadbirlar belgilandi. Unga ko‘ra, 2026-yildan boshlab Xalqaro kurash instituti faoliyatini moliyalashtirish Toshkent hokimligi byudjetidan respublika byudjetiga o‘tkaziladi hamda har yili 4,5 mlrd so‘m ajratiladi.


dayjest

2025-yilda Samarqandda CITES tomonlar konferensiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 2025-yilda Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiya (CITES) tomonlar konferensiyasiga mezbonlik qiladi. Tadbir 2025-yilning 24-noyabr-5-dekabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.


dayjest

Raqobat qo‘mitasi uy-joy sotib oluvchilarni shartnomalar tuzishdagi xavflardan ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasiga yil boshidan buyon ko‘p qavatli uylar qurilishi bilan bog‘liq 1700 ga yaqin murojaat kelib tushdi, 129 ta korxonaning shartnomalarida qator qoidabuzarliklar, jumladan, loyihalarni topshirish muddati belgilanmagani aniqlangan. Qo‘mita shartnoma shartlari bilan batafsil tanishib chiqishni so‘radi.


dayjest

Mudofaa vaziri O‘q otish sporti federatsiyasiga rais etib saylandi

Mudofaa vaziri, general-mayor Shuxrat Xalmuxamedov O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi raisi etib saylandi.


dayjest

Avtobus bekatlarini qanday qilib yanada qulayroq qilish mumkin va nima uchun Toshkent hali ham bunga erisha olgani yo‘q?

Toshkent hokimligi har yili shaharda avtobus bekatlarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va ularni qayta qurish rejalarini e’lon qiladi. Biroq bekatlar yo‘lovchilar uchun qulaylashayotgani yo‘q. “Gazeta.uz” ana shu turg‘unlik sabablari haqida shaharsozlik va YHX sohasi mutaxassislari bilan suhbatlashdi.


dayjest

AQShdan deportatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari soni 6,5 barobar oshdi

AQSh hukumati joriy yilning 9 oyida 572 nafar O‘zbekiston fuqarosini vataniga deportatsiya qildi. Bu 2023-yilning shu davridagidan 6,5 barobar ko‘p.


dayjest

Toshkent va Navoiyda xorijga ishga joylashtirishga va’da berganlar qo‘lga olindi

Yirik miqdorda to‘lov evaziga O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Ulardan biri tanishidan AQShga ishlashga jo‘natish uchun 9000 dollar, ikkinchisi esa Polshaga yuborish uchun 1000 dollar va 6,3 mln so‘m olgan.


Jahon

dayjest

AQSh amerikaliklarni Belarusni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

AQSh Belarusda yashayotgan amerikaliklarni mamlakatni tark etishga, shuningdek, u yerga bormaslikka chaqirdi. Bunga “Belarus rasmiylarining mahalliy qonunlarni o‘zboshimchalik bilan amalga oshirayotgani, hibsga olish xavfi va tartibsizliklar ehtimoli” sabab qilib ko‘rsatilgan.


dayjest

Turk OAV Bashar Asadning rafiqasi ajrashishga ariza bergani haqida yozdi, Kreml buni rad etmoqda

Suriya sobiq prezidentining rafiqasi Asma Asad ajrashish uchun ariza berdi, u sog‘lig‘idagi muammolar sababli Moskvadan o‘zi tug‘ilgan Londonga ketmoqchi, deb yozdi Haberturk nashri. Rossiya prezidenti matbuot kotibi esa bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytmoqda.


dayjest

Telegram monetizatsiya joriy etilganidan beri ilk bor daromadga kirdi

Uch yillik monetizatsiya tarixida ilk marta Telegram daromadga chiqdi, deb xabar berdi uning asoschisi Pavel Durov. 2024-yilda Telegram Premium obunachilari soni 12 milliondan oshdi. Kompaniya “kriptoaktivlarni hisobga olmaganda, 500 mln dollardan ortiq naqd pul zaxiralari bilan yilni yakunlamoqda”.


dayjest

KXDR Rossiya-Ukraina urushida mingdan ortiq askarini yo‘qotdi — Janubiy Koreya

Janubiy Koreya Rossiyaning Kursk shahrida o‘tgan janglarda kamida 100 nafar Shimoliy Koreya askari halok bo‘lgani, 1000 dan ortiq askar yaralanganini ma’lum qildi. Shuningdek, Pxenyan qo‘shimcha kuchlar yuborishga tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkin. KXDR Rossiya-Ukraina urushiga 10−12 ming nafar harbiy yuborgani aytiladi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!