Sankt-Peterburgda o‘zi bilan birga yashagan ayolni o‘ldirganini tan olgan o‘zbekistonlik erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi Rossiya Tergov qo‘mitasi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, erkak 10-dekabr kuni Rossiyani tark etib, O‘zbekistonga jo‘nab ketgan va huquq-tartibot organlariga 9-dekabr kuni o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirgani haqida ariza bilan murojaat qilgan.
U jasadni yashirgan joyning aniq manzilini aytgan. U yerga tergov-tezkor guruhi yuborilgan.
Uyning yerto‘lasini ko‘zdan kechirish chog‘ida ko‘milgan chemodan topilgan, unda zo‘ravonlik bilan o‘ldirilgan ayolning jasadi bo‘lgan.
Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (Qotillik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.