2024-yilning so‘nggi ish haftasi davomida O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.
Sinoptiklarga ko‘ra, kechalari kuzatilayotgan sovuqlar asta-sekin kuchsizlashadi, haftaning ikkinchi yarmida havo harorati kechasi va ertalab −3…+2 daraja atrofida bo‘ladi.
Kunduzi havo +5…+10 darajagacha, janubda +12…+15 darajagacha, shimolda va Farg‘ona vodiysida +2…+7 darajagacha isiydi.
Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi −3…−5 darajadan 0…+1 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi, kunduzi harorat asosan +6…+9 daraja bo‘ladi.