Seshanba kuni Termiz tumanida kontrabanda sigaretlarining rekord partiyasi — 10,2 milliard so‘mlik salkam 750 ming quti yo‘q qilindi. Aksiya viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi, deb xabar qildi Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Chegara orqali O‘zbekiston hududiga olib o‘tishga urinilgan paytda yaroqlilik muddati o‘tib ketgan sigaretlar bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olib qo‘yilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sherobod tumani sudining hukmi bilan jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan fuqaro 5,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Sud ashyoviy dalil — sigaretlarni yo‘q qilishga qaror qildi.

Korxonalardan birining hududida o‘tkazilgan tadbirda sigaretlar maxsus maydalagichda parchalandi.

Surxondaryo bojxona boshqarmasi tomonidan 2023−2024-yillarda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda umumiy qiymati 55,5 milliard so‘mlik 3,2 million quti sigaretni noqonuniy olib o‘tish bo‘yicha 117 ta holat aniqlangan.

Foto

bojxona qo‘mitasi, kontrabanda, sigaretlar, tamaki