Siyosat
Prezident amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi
Shavkat Mirziyoyev 25−26-dekabr kunlari MDH va YOII sammitlarida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi. Yig‘ilishlarda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinadi va kelgusi yilgi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashiladi.
O‘zbekistonda hokimliklar xodimlarining ish haqini oshirish rejalashtirilmoqda
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga O‘zbekistonda hokimliklar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi. Viloyatlar hokimliklari boshqaruv apparatining yangi namunaviy tuzilmasi tasdiqlanmoqda.
Quvondiq Sanaqulov O‘zbekiston gandbol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” bosh direktori Quvondiq Sanaqulov O‘zbekiston gandbol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.
Mahalliy hokimliklar ayrim vazirlik va idoralarning bo‘limlari rahbarlarini tayinlashi va ozod etishi mumkin bo‘ladi
Tuman va shaharlar hokimliklari sakkizta vazirlik va idoraning bo‘lim rahbarlarini lavozimga tayinlash va ozod etish, shuningdek, ularni rag‘batlantirish va jazolash huquqiga ega bo‘ladi. 15 ta tumanda “Aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” huquqiy eksperimenti o‘tkaziladi.
Iqtisodiyot
Toshkent aeroportida kitob do‘koni, yuk saqlash xonasi va terrasada kafe tashkil etiladi
Uzbekistan Airports Toshkent xalqaro aeroporti hududida joylashgan maydonlarni ijaraga berish uchun tegishli lotlarni auksionga joylashtirdi. Tez kunlarda poytaxt aeroportining mahalliy aviaqatnovlar terminalida kitob do‘koni tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Jamiyat
Yopiqlik va mavhumlik. Farg‘onadagi portlash haqida hech kim gapirishni xohlamagan reportaj
17-dekabrda Farg‘onadagi AYQShda portlash bo‘ldi. Hodisa oqibatida rasman 4 kishi vafot etgan. “Gazeta.uz” muxbirlari 20-dekabr kuni Farg‘onada bo‘lib qaytdi, ammo safar qariyb besamar o‘tdi: hodisa haqida deyarli hech kim gapirishni istamadi, gapirganlar esa keyinroq intervyusi chiqarilmasligini so‘radi.
“O‘zbekistonda to‘laqonli onlayn ta’limni yo‘lga qo‘yish imkoni bor” — Feruza Vahobova
O‘zbekistondagi ilk to‘laqonli onlayn maktab — Leader Online qanday ishlaydi? Unga kimlar “qatnaydi”? Maktab o‘z faoliyati davomida qanday yutuqlarga erishdi? Mamlakatda onlayn ta’limning rivojiga nimalar xalal bermoqda? “Gazeta.uz” shu haqda Feruza Vahobova boshliq maktab jamoasi bilan suhbatlashdi.
O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva vafot etdi
O‘zbekiston xalq artisti, teatr va kino aktrisasi Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda vafot etdi. U “Masxaraboz”, “Sevginator”, “Sehrli qalpoqcha” kabi filmlar va ko‘plab spektakllarda rol o‘ynagan.
“Ayollar to‘rtinchi sanoat inqilobida ishtirok etishi shart” — Women in Tech asoschisi Ayumi Mur Aoki
Women in Tech global tarmog‘i Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshladi. Loyiha maqsadi — 2030-yilgacha STEAM’da 5 mln ayolni qo‘llab-quvvatlash. “Gazeta.uz” hamjamiyat asoschisi va rahbari Ayumi Mur Aoki bilan loyiha maqsadlari va ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash haqida suhbatlashdi.
Piskentda aholi gavjum hududda bo‘rilar kezib yurgani ma’lum bo‘ldi
Toshkent viloyatining Piskent tumanida, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko‘ra, Qirqqizobod qishlog‘ida daydib yurgan och yurgan bo‘rilarni qidirish va zararsizlantirish ishlari boshlandi. Jonzotlarni hayvonot bog‘iga o‘tkazish rejalashtirilgan, dedi tuman hokimligi.
Bo‘stonliqdagi tog‘da adashib qolgan 5 kishi qutqarildi
FVV xodimlari Bo‘stonliqdagi tog‘da adashib qolgan 5 kishini qutqardi. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.
Yangi yil bayramida yana bir kun ko‘proq dam olinadi
Prezident farmoni bilan besh kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun 2025-yil 4-yanvar (shanba) kunidagi dam 2-yanvarga (payshanba) ko‘chirildi. Olti kunlik ish kunidagi xodimlar uchun 2-yanvar qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. Shu tariqa birinchi guruh olti, ikkinchisi esa ketma-ket besh kun dam oladi.
O‘zbekistonda elektr, gaz va suv hisoblagichlarini tekshirish proaktiv formatga o‘tkaziladi
O‘zbekistonda elektr, gaz va suv hisoblagichlarini tekshirish bo‘yicha davlat xizmatlari proaktiv formatga o‘tkazilmoqda. Ya’ni ular fuqarolarning murojaatlarisiz tekshiriladi. Yana oltita xizmat kompozit formatda taqdim etiladi.
Advokatlar tomonidan statistik ma’lumotlarni taqdim qilish tartibi belgilandi
Adliya vazirligida “Advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma’lumotlarni taqdim qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizom ro‘yxatdan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma’lumotlar har bir hisobot davri uchun taqdim etiladi.
Yangi maktab va bog‘chalar, pedagoglarga ustama, malaka sinovlarini raqamlashtirish. 2025-yilda boshlang‘ich ta’lim sohasida nimalar o‘zgaradi?
Prezidentga maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish rejalari olib kirildi. 2025-yilda 100 dan ortiq maktab qurish, malaka toifasi berishda yangi tizimga o‘tish, harbiy vatanparvarlik darsliklarini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Davlat rahbari ta’lim sifatini, ayniqsa, chekka tumanlarda yaxshilashni buyurdi.
Nega elektrozapravkalar tarmoqdan uzilmoqda? O‘zLiDeP deputati davlat organlariga so‘rov yubordi
O‘zLiDeP deputati Nuriddin Sultonov Energetika vazirligi va Kadastr agentligiga Toshkent shahrida elektromobillarni quvvatlash stansiyalari faoliyati to‘xtatilishi sabablari va ularni demontaj qilish talabiga oydinlik kiritishni so‘rab deputatlik so‘rovi yubordi.
Sport
Video: “Milliy sport mukofoti-2024” sovrindorlari e’lon qilindi
Toshkentda “Milliy sport mukofoti-2024” taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda yilning eng yaxshi sportchilari nomiga Diyora Keldiyorova va Hasanboy Do‘smatov loyiq ko‘rildi. Eng yaxshi parasportchilar Nurxon Qurbonova va Xusniddin Norbekov bo‘ldi. “Gazeta.uz” taqdirlash marosimidan reportaj tayyorladi.
Jahon
Tataristondagi yong‘inda 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Tataristonda ishchilarning vaqtinchalik yashash uyi yonib ketdi. U yerdan 6 erkakning jasadi topildi, ularning 5 nafari o‘zbekistonlik. Qozondagi Bosh konsulxona diplomatlarni voqea joyiga jo‘natdi va vaziyatni nazoratga oldi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!