Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi tog‘da adashib qolgan 5 kishi qutqarildi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 23-dekabr kuni soat 12:24 da FVB Bo‘stonliq tumani Ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarmasiga “Suron ota” tog‘iga besh kishi sayr qilish maqsadida borib, yo‘ldan adashib qolgani haqida xabar kelib tushgan.

Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida fuqarolar sog‘-salomat xavfsiz hududga olib tushilgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.