Prezident 24-dekabr kuni yangi yil bayrami munosabati bilan qo‘shimcha ishlanmaydigan kun belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deb xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Hujjatga ko‘ra:

  • 5 kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun dam olish kuni 2025-yil 4-yanvardan (shanba) 2-yanvarga (payshanba) ko‘chirildi.
  • 6 kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun 2-yanvar (payshanba) qo‘shimcha dam olish kuni deb e’lon qilindi.

Shu tariqa birinchisi Yangi yilni olti kun, ikkinchisi esa ketma-ket besh kun nishonlashi mumkin:

  • 28-dekabr (shanba) 5 kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasi bo‘lgan xodimlar uchun — ish kuni);
  • 29-dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni;
  • 30-dekabr (dushanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 31-dekabr (seshanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 1-yanvar (chorshanba) dam olish kuni;
  • 2-yanvar (payshanba) 5 kunlik ish haftasi bo‘lgan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasi bo‘lgan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi.