Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 25−26-dekabr kunlari amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Davlat rahbari Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi va Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.
Sammitlar kun tartibidan mazkur ko‘p tomonlama birlashmalar doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Birgalikda qilingan ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilinadi va kelgusi yilgi amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashiladi, deyiladi xabarda.