23-dekabr kuni Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Milliy sport mukofoti-2024” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, sport jamoatchiligi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir boshida bu yil kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarga bir martalik pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi: oltin medal uchun — 15 ming dollar, kumush medal uchun — 7500, bronza medal uchun — 3750 dollar berildi.

Shundan so‘ng sport yo‘nalishida yilning eng yaxshilari taqdirlandi.