Har yil yakunida Asaxiy Books loyihasi “Asaxiy Books yil bestsellerlari” ro‘yxatini e’lon qilib keladi. Mana nihoyat, loyiha 2024-yilda eng ko‘p sotilgan kitoblar ro‘yxatini ochiqladi. Ushbu ro‘yxatdan 2023-yil 1-dekabrdan 2024-yil 1-dekabrga qadar eng ko‘p sotilgan kitoblar o‘rin oldi.

Ro‘yxatni 20-o‘rin bilan taniqli iqtisodchi Charlz Uilanning “Yalang‘och iqtisodiyot” kitobi boshlab bergan bo‘lsa, kuchli uchlik avvalida Mey Maskning “Rejali ayol” kitobi o‘rin olgan. Ikkinchi o‘rinda Jorj Oruellning mashhur “Molxona” asari. U yil mobaynida eng talabgir kitoblardan biri bo‘lgan.

Yil davomida eng ko‘p sotilgan kitob sifatida reytingning birinchi o‘rnini Jeyms Klirning yomon odatlarni yo‘qotish, yaxshilarini shakllantirish haqida so‘zlovchi xalqaro bestseller kitobi – “Atom odatlar” egalladi.

asaxiy books, реклама

Quyida “Yil bestsellerlari 2024” ro‘yxati bilan to‘liq tanishish mumkin:

  1. Jeyms Klir: “Atom odatlar” – 300 bet.
  2. Jorj Oruell: “Molxona” – 100 bet.
  3. Mey Mask: “Rejali ayol. Baxtli hayot qoidalari” – 216 bet.
  4. Javlon Jovliyev: “Qo‘rqma”  – 376 bet.
  5. Jorj Oruell: “1984” – 338 bet.
  6. Brayan Treysi: “Samaradorlikning 21 yo‘li” – 92 bet.
  7. Kel Nyuport: “Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari” – 230 bet.
  8. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: “Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari” – 676 bet.
  9. Mark Menson: “Beparvolikning nozik san’ati” – 192 bet.
  10. Jon G. Miller: “SOS! Savol ortidagi savol” – 104 bet.
  11. Piter Hopkirk: “Katta o‘yin. Ikki imperiya to‘qnashuvi” – 744 bet.
  12. Devid Bax, Jon Devid Mann: “Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari” – 236 bet.
  13. Malkolm Gladuell: “Zukkolar va landavurlar” – 240 bet.
  14. Barbara Oukli: “Raqamlar uchun yaralgan idrok” – 352 bet.
  15. Rey Bredberi: “Farengeyt bo‘yicha 451º” – 224 bet.
  16. Hans Rosling: “Factfulness” – 344 bet.
  17. Allan Dib: “Bir varaqli marketing reja” – 268 bet.
  18. Ernest Xeminguey: “To‘qchilik va yo‘qchilik” – 272 bet.
  19. Devid Nikolls: “Bir kun. Bir muhabbat tarixi” – 496 bet.
  20. Charlz Uilan: “Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi” – 540 bet.

Asaxiy.uz ushbu kitoblarni yagona to‘plamda chegirma narxda taklif qilmoqda. Hozir to‘plam narxi 1 million 99 ming so‘m o‘rniga 899 ming so‘mni tashkil etadi. 

asaxiy books, реклама

To‘plamni Xazna nasiya hamkori orqali 0-0-6 taklifi doirasida xarid qilish mumkin. Bunda hech qanday ustama va boshlang‘ich to‘lovsiz, o‘z narxini 6 oy muddatda bo‘lib to‘lash imkoni yaratilgan. Qolaversa, 20 ta kitob to‘plami O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib beriladi.

To‘plamni havola orqali xarid qilish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.